So’nggi yangiliklar

17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  1 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  1 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  8 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  13 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  2 11:57"Эвертон" мухлисларини АҚШдаги эксклюзив очиқ машғулотга таклиф қилди  0

O'FA: “Navbahor” va “Bunyodkor” “kim ko'ribdi, kim bilibdi” qabilida ish tutdi Yangiliklar

O'FA: “Navbahor” va “Bunyodkor” “kim ko'ribdi, kim bilibdi” qabilida ish tutdi

O'FA kecha “Navbahor” va “Bunyodkor” klublariga jarima qo'llaganidan xabaringiz bor.

Kecha O'zbekiston futbol Associaciyasi Ijroiya qo'mitasi Byurosi qarori asosida (Qaror qabul qilingan paytda O'zbekiston futbol federaciyasi) “Navbahor-Lochinlari” klubi futbolchisi Oybek Qilichev bir yilga va “Bunyodkor” klubi futbolchisi Dilshod Ahmadaliev butunlay futboldan chetlatilganligiga qaramay, klublari tarkibida o'rtoqlik o'yinida maydonga tushganligi, bu bilan   O'zbekiston futbol Associaciyasi Ijroiya qo'mitasi Byurosi qarorlarini buzganligi uchun Ijroqo'm Byurosining 2018 yil 21 fevraldagi  6-sonli Qaroriga ko'ra “Navbahor-Lochinlari” hamda “Bunyodkor” futbol klublarining har biriga  500 million so'm miqdorida jarima solinganligi haqida xabar chiqqan edi.

O'FAning mazkur qarori ko'plab munozaralarga sabab bo'lmoqda. SHundan kelib chiqib, O'zbekiston futbol Associaciyasi quyidagilarni malum qiladi:

O'zbekiston futbol Associaciyasi Ijroiya qo'mitasi Byurosining 2018 yil 21 fevraldagi 6-sonli Qarori amaldagi O'zbekiston futbol Associaciyasi Nizomining 14-moddasi hamda O'zbekiston Professional futbol ligasi Reglamentining 3.2 bandi, Intizom kodeksining 5.22-bandiga binoan qabul qilingan.

Reglamentning 3-moddasida futbol klublariga alohida talablar belgilangan bo'lib, uning 3.2-bandida futbolga oid har qanday masalalarda O'FA va O'zPFL qarorlariga bo'ysunishi  alohida belgilab qo'yilgan.  SHuningdek, O'FA Intizom kodeksining 5.22 bandida talablarni bajarmaslik uchun intizomiy chora sifatida jarima qo'llanilishi belgilangan. Qo'llaniladigan jarima miqdori esa 500 million so'mgacha  ko'rsatilgan.

Nizomning 14-moddasida Associaciyasi azolari uning qarorlariga to'la muvofiqlikda harakatlanishi belgilangan. Majburiyatlarning har qanday azolar tomonidan buzilishi esa sankciyalar qo'llanishiga olib kelishi mumkin.


Tan olish lozim, belgilangan jarima miqdori katta, har qanday klub g'aznasiga tasir eta oladi. Ammo bugungi kun talabidan kelib chiqiladigan bo'lsa, har qanday sohada ishchanlik ruhi hukm surayotgan, adolat qaror topayotgan, har bir shaxs Vatan farzandi sifatida yurt rivoji uchun kuyib-yonayotgan davrda masuliyatsizlikka, etiborsizlikka, ishga ko'z-ko'rona  yondoshishga yo'l qo'yib bo'lmasligini har birimiz his qilishimiz kerak.

Qabul qilinayotgan rasmiy hujjatlar hayotga tadbiq qilinsagina, vijdonan bajarilsagina unum bo'ladi. Vaholanki, “Navbahor” klubi ham, “Bunyodkor” klubi ham o'zi bo'ysinuvchi tashkilotning hujjatlariga panja ortidan qaradilar, “kim ko'ribdi, kim bilibdi” qabilida ish tutdilar. Qo'llanilgan jazo esa boshqalarga o'rnak misolida, hushyorlikni oshirish, masuliyatni his qilish sifatida qabul qilinishi inobatga olingan.

O'zbekiston futbol Associaciyasi mamlakatimizda futbolni muvofiqlashtirish bo'yicha yuqori tashkilot hisoblanadi. SHunday ekan unga bo'ysunuvchi azolar, shu jumladan, futbol klublari uning qarorlarini so'zsiz bajarishi va hurmat qilishi lozim.


Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика