So’nggi yangiliklar

14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  4 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  41 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  8 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 11:36Катанец нега ҳимоячи ўрнига ярим ҳимоячи, ярим ҳимоячи ўрнига эса ҳимоячини чақиради?   18 10:48Ди Канио: "Бу иши учун МЮ директорларини қамаб қўйган бўлардим"  4 10:37Про лига. 20-турнинг қолдирилган учрашувини Шавкат Насибуллаев бошқариб боради  0 10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  34 10:07Гюлер: "Анчелотти билан муаммолар йўқ"  0 09:34Испания Суперкубоги форматида ўзгариш бўлди  0

O'FA Ijroqo'mi Oybek Qilichevni futbolga ertaroq qaytarishga qaror qildi Yangiliklar

O'FA Ijroqo'mi Oybek Qilichevni futbolga ertaroq qaytarishga qaror qildi

2017 yilning 23 oktyabr kuni "Navbahor" futbolchisi Oybek Qilichev futboldan 1 yil muddatga chetlashtirilgandi.

Oybek Qilichev 2017 yilgi O'zbekiston chempionatining 25-turi doirasida “Qo'qon-1912” klubiga qarshi maydonga tushib, raqibiga nisbatan tajovuzkor hatti-harakatda bilan yodda qolgandi. Vaziyatni o'rganib chiqqan O'FA Ijroqo'mi uni bir yilga chetlashtirish barobarida, 10 million so'm miqdorida jarima ham tayin qilgandi.

Yaqindagina O'FA Ijroqo'mi yig'ilishida futboldan butunlay chetlashtirilgan yosh futbolchilarga qaytadan imkoniyat berish masalasi ko'rib chiqilgan va masala ijobiy echim topgandi. Yig'ilish yakunida qo'mita azolari Oybek Qilichevni ham oxirgi marta afv etish masalasini o'rtaga tashlagandi.

Navbatdagi yig'ilishda Qilichev masalasi ko'rib chiqildi. “Navbahor” klubidagi ijobiy o'zgarishlar, futbolchining pushaymonligi va bu boradagi maktublari inobatga olinib, Qilichevni bugun — 18 iyun kuni ochilgan transfer oynasidan foydalanib, qayta ro'yxatga olish uchun ruxsat berildi. Buning uchun avvaldan belgilangan jarimani to'lash kerak bo'ladi.

Maqsad futbolchini shunchaki jazolash emas, qilgan ishi xato ekanini unga ongli ravishda tushuntira olishdir, deyiladi Ijroqo'm majlisida. SHunday ekan, Oybek Qilichev Pepsi Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishi mumkin. Futbolchi shuni unutmasligi kerakki, u endi jiddiy nazoratda bo'ladi. Navbatdagi tajovuzkor harakati uchun u kechirilmasligi ham mumkin.

SHuningdek, “Navbahor” futbol klubiga ham Qilichevning shartnomasiga bu borada alohida band kiritish tavsiya etiladi. Yani, futbolchi o'zini tiyib olishi shart. Umid qilamizki, Oybek Qilichev xatosidan to'g'ri xulosa chiqargan va endilikda faqatgina chiroyli o'yinlari bilan muxlislar yodida qoladi.

P.S. Yoshini kichiklashtirish illati sabab futboldan chetlashtirilgan, keyin esa millionlar o'yiniga qaytish imkoniyati berilgan futbolchilar hujjatlari bilan bog'liq masalalarni to'liq to'g'rilaganlaridan keyin mashg'ulotlarni boshlashlari mumkin.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика