So’nggi yangiliklar

18:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир"нинг "Аланяспор"га қарши ўйин учун таркиби маълум  0 18:00"Андижон" — "Сўғдиёна" 0:0 (Матнли трансляция)  9 17:56БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ"нинг "Ал Васл"га қарши ўйин учун таркиби маълум, Ғаниев асосий таркибда  0 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  3 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  3 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  16 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  3 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  10 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3

O'FA Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FA Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 28 noyabr kuni O'zbekiston futbol associaciyasi Ijroiya qo'mitasining keyingi davrning dolzarb vazifalariga bag'ishlangan yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston futbol associaciyasi Prezidenti Abdusalom Azizov, O'FA Ijroiya qo'mitasi azolari va futbol mutaxassislari ishtirok etdi.

O'zbekiston futbol associaciyasining 2020 yilgi navbatdagi hisobot Kongressini o'tkazish masalasi ko'rib chiqildi. Unga ko'ra mazkur hisobot Kongressi 2020 yil 19 dekabr kuni “Zarafshon” kinokoncert zalida bo'lib o'tishi rejalashtirildi. SHuningdek Hakamlik-inspektorlik qo'mitasining yangi tarkibi hamda hududiy futbol associaciyalari 2021 yil uchun mo'ljallangan namunaviy tuzilmasi va xarajatlar smetasi muhokama etildi va tasdiqlandi.

O'zbekiston Superliga jamoalari uchun futbolchilarning jismoniy holatini tekshirish, kuzatib borish kabi kerakli malumotlarni taqdim etadigan Janubiy Koreya kompaniyasi tomonidan taklif etilgan “Fitogether” zamonaviy texnologik qurilmasini amaliyotga tadbiq etish masalasi ko'rib chiqildi.

Yig'ilish davomida O'FA Texnik direktori lavozimi vaqtincha vakant bo'lganligi sababli ushbu lavozimga mahalliy mutaxassis Sergey Arslanov tayinlandi. UEFA Assist loyihasi doirasida xorijiy mutaxassis yordamida uning doimiy ravishda malaka oshirishini tashkil etish belgilandi.

Bundan tashqari O'zbekiston terma jamoalari bosh murabbiylarining terma jamoadan tashqari futbol klublarida ishlash masalasi kun tartibidan o'rin oldi. O'FA Ijroiya qo'mitasi azolarining muhokamalaridan so'ng O'zbekiston Milliy hamda U22 va U19 terma jamoalarining bosh murabbiylariga keyingi mavsumdan faqatgina terma jamoalarda faoliyat olib borishi belgilandi.

Kun tartibidagi boshqa masalalar ham qo'mita azolari tomonidan tegishli tartibda ko'rib chiqildi va istiqboldagi vazifalarni samarali tarzda amalga oshirish bo'yicha takliflar berildi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика