So’nggi yangiliklar

18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  1 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  2 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  6

"O'FA birinchi vice-prezidentining poziciyasi hamda strategiyasi futbolni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi" - Diyor Imomxo'jaev Yangiliklar

"O'FA birinchi vice-prezidentining poziciyasi hamda strategiyasi futbolni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi" - Diyor Imomxo'jaev

O'FA prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti masalasida fikr berishda quyidagi farqqa etibor qaratish nisbatan to'g'ri bo'ladi.

O'FA prezidenti jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi, O'FA rivoji uchun katta turtki beradi va tabiiyki, xizmatlari uchun maosh olmaydi. U davlat arbobi sifatida hukumatning sportdagi qarashlari va principlarini ifoda etadi. Unutmaslik kerakki, O'zbekiston sharoitida hukumat futbolga juda katta yordam beradi. O'zbekistondagi barcha katta futbol klublari hamda barcha futbol maktablari bevosita hukumat qarorlari bilan moliyalashtiriladi. SHundan kelib chiqib, davlat barcha mexanizm milliy terma jamoani kuchaytirish yo'lida xizmat qilishi kerak deb hisoblaydi va bunga haqli ham.  



O'FA birinchi vice-prezidenti esa tashkilotda shtat asosida faoliyat olib boradi, xizmati uchun haq oladi. U futbol odami sifatida FIFA hamda futbolga aloqador boshqa tashkilotlar belgilab bergan aniq normalar hamda hukumatimizning futboldagi irodasi bir-biriga mutanosib kelishini taminlab berishi shart. Uning poziciyasi hamda strategiyasi futbolni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.



Mana shu ikki qutb o'rtasidagi munosabatlarni tushunishga osonroq bo'lishi uchun diplomatiya deb atasak to'g'riroq bo'ladi. U doimo yon berish orqali (!) o'z principlarini, manfaatlarini o'tkaza olishi kerak. Manfaat deganda biz futbol manfaatini nazarda tutdik. Aynan futbol manfaatini", – deydi Diyor Imomxo'jaev o'z sahifasida.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика