So’nggi yangiliklar

16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  0 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  6 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   242 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  4 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  20 12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  14 11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  1 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  5 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  6 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  45

O'FA Angliya - Belgiya va Braziliya - Serbiya o'yinlariga jami 12ta chiptani Superliga klublariga beradi Yangiliklar

O'FA Angliya - Belgiya va Braziliya - Serbiya o'yinlariga jami 12ta chiptani Superliga klublariga beradi

O'zbekiston futbol Associaciyasi Superliga klublari uchun JCH-2018 o'yinlariga jami 12ta chipta ajratdi.

FIFA hamda JCH—2018 mezboni Rossiya chiptalarini adolatli sotish mexanizmini ishlab chiqqan bo'lib, unga ko'ra bu jarayon 4ta bosqichda amalga oshirilishi kerak edi. SHundan 3ta bosqich savdolari allaqachon yakuniga etib ulgurgan. To'rtinchi bosqichda esa faqatgina omadi chopgan muxlislargagina chiptalar nasib qilishi mumkin.

O'FA Xalqaro futbol uyushmasiga maktub bilan chiqib, o'zbekistonlik muxlislar uchun chipta ajratishni so'radi. Bu borada talab katta bo'lgani uchun, FIFA o'zida bor bo'lgan sanoqli chiptalarnigina sotishi mumkin edi.

Angliya hamda Belgiya terma jamoalari ishtirokidagi o'yin muxlislarimizda katta qiziqish uyg'otishi mumkin. Boisi har ikki terma futbolchilari kuchli beshlikda to'p suradi va ularning O'zbekistonda millionlab muxlislari bor. FIFA mazkur uchrashuv uchun 10 dona chipta taqdim eta olishini malum qildi. Uchrashuv 28 iyun kuni Kaliningrad shahrida bo'lib o'tadi.

Yana 2ta chipta esa Serbiya — Braziliya o'yiniga bo'ladi. Bu o'yin 27 iyun kuni Moskva shahrida bo'lib o'tadi.

Rejaga ko'ra, Superliganing 12ta klubiga 1tadan chipta beriladi. Klublar esa chiptani o'zining eng faol muxlisiga taqdim etadi. Yoki bo'lmasa, o'sha chipta lotereya orqali o'z egasini topadi. Buni klublarning o'zi hal qiladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatar mezbonlik qiladigan JCH—2022da o'ynash huquqini qo'lga kiritsa, o'zbekistonlik jurnalistlarga ham, futbol muxlislariga ham katta miqdorda kvotalar beriladi va bu borada muammolar yuzaga kelmaydi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика