So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  9 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Odil Ahmedov: "Odil Junior" tarbiyalanuvchilarini Evropa jamoalariga tavsiya qilamiz" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Odil Junior" tarbiyalanuvchilarini Evropa jamoalariga tavsiya qilamiz"

8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi kuni bilan "Odil Junior" jamoasi Bekobod, Andijon va Samarqanddan tashrif buyurgan tengqurlariga qarshi blic-musobaqa tashkil qildi.

Unda 2007-10 yillarda tarbiya topayotgan futbolchilar ishtirok etdilar. Quvonarlisi shundaki, bolalar uchun kutilmaganda Odil Ahmedovning o'zi stadionga tashrif buyurib har bir jamoa bilan birga to'p tepdi.

Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz sardori saytimiz uchun intervyu berdi.

- Odil aka, bugungi tadbir haqida aytib o'tsangiz?
- Avvalo barcha yurtdoshlarimizni Konstituciya bayrami bilan tabriklayman. Bugun klubimizda kichkina tadbir tashkil qilingan ekan, unda qatnashib turganimdan xursandman. Men bilan internatda birga o'ynagan futbolchilarni bu erda ko'rib quvondim. Ular aynan bizning klubimiz bilan hamkorlik qilayotgani ishimiz samarasini oshiradi. Bolalarning quvonchini ko'rib turibsiz. Ularda barchasi beg'ubor, toza, mazza qilasiz.

- "Odil Junior" klubini tashkil qilish g'oyasi sizda qachon paydo bo'ldi?
- Anchadan beri bor edi. Lekin futbolchilik faoliyatim bilan bo'lib bu ishga qo'l tegmayotgandi. Do'stlarim Sodiq bilan Nodirxo'ja To'raqo'rg'on va Toshkentda bu ishni boshlab yubordilar. SHunda men ularga yordam berishimni aytdim va shu bilan klubimiz tashkil etildi. Yaqinda Namanganda tadbir o'tkazdik. Yosh futbolchilar va ota-onalarga bu loyiha jiddiy ekanini bildirish maqsadida ham ularga vaqt ajratyapman. Men bir umr Evropaning top jamoasi safida to'p tepishni istadim. Lekin shu ishni klubimiz futbolchilari amalga oshirsa, bu menda armon bo'lib qolmasdi. Buning uchun eng yaxshi murabbiylarni jalb qilishga harakat qilyapmiz.

Zayniddin Tojievning 2008 yillarda tavallud topgan jamoasi 2018 yil ikkita katta musobaqada g'alaba qozondi.


- "Odil Junior" futbolchilarining xorijga chiqishiga ishonasizmi?
- Nega endi yo'q? Faqat yoshlikdan to'g'ri bilim olish o'ta muhim sanaladi. Ota-onalar shoshqaloqlik qilmasligi kerak. Murabbiy va bolani o'ziga qo'yib berishsa bo'ldi, qolgani bilan mutaxassislar shug'ullansin. Hozir Italiya bilan yaqindan aloqalarni yo'lga qo'yganmiz. Men bilan Rossiya va Xitoyda to'p tepgan yulduzlar bir kun kelib murabbiylik sohasiga o'tadilar yoki bironta klubda yaxshi lavozimda ishlaydilar. SHunda ulardan yordam so'raymiz. Qaysi jamoada to'p tepmay, barcha futbolchilar bilan ilq munosabatda bo'lganman. Ertaga yaxshi futbolchi chiqarsak, ular albatta ko'rishadi. Futbolda yaxshi jamoa va murabbiy topa bilish o'ta muhim sanaladi.

- "Krasnodar" klubi akademiyasi bugungi kunda Rossiyaning eng etakchilaridan biri hisoblanadi. Bu klub bilan aloqangiz mavjudmi?
- Yuqorida bejizga takidlamadim. Bir kun kelib faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng birinchilardan bo'lib qiladigan ishim "Krasnodar" rahbarlari bilan uchrashish bo'ladi. Unga qadar 12 yoshli futbolchilarimiz ulg'ayib qolishadi. Keyingi avlod navbati bilan chiqaveradi. "Krasnodar"dan tashqari "Anji" akademiyasi ham so'nggi yillarda o'sishga erishayotganini ko'rishingiz mumkin. Umuman olganda, to'g'ri tarbiya topgan har qanday yosh futbolchiga istalgan klub qiziqadi. Biz avvalo yaxshi futbolchilarni tarbiyalashimiz kerak.


- "Odil Junior"da shunday o'yinchilar bor deb o'ylaysizmi?
- Jamoaning bir yil ichida qilgan ishiga yuqori baho bera olaman. Deyarli har bir yosh toifamizda yaxshi saviyadagi futbolchilar ko'rinib turibdi. Namanganda ham shuni ko'rdim. To'raqo'rg'onda shug'ullanayotgan bolalarni yanada rivojlantirish uchun Alisher Mahmudovni bosh murabbiy etib tayinladik. Toshkenda esa Dilshod Nuraliev, Zayniddin Tojiev va Leonid Koshelevlarni ortiqcha reklama qilib o'tirmasam ham barchangiz yaxshi bilasiz. Biz 12 yoshgacha bo'lgan futbolchilarga etibor qarata boshladik. Sababi bu yoshgacha ko'plab saboqlarni o'rgata olasiz.

- Odil aka Sizga katta rahmat, tog'amdan salom!
- Hasan Pirmuhamedovga mening ham salomimni etkazing (kuladi).




Jahongir Fayzullaev suhbatlashdi. Suratlar muallifniki.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика