So’nggi yangiliklar

01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  0 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   4 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  3 23:45Миллатлар лигаси. Греция, Австрия ва Норвегия жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  7 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  12 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

Odil Ahmedov bolalar futbolining yangi xaloskori(mi)? Yangiliklar

Odil Ahmedov bolalar futbolining yangi xaloskori(mi)?

O'zbekistonda bolalar futbolining rivojiga o'zining katta xissasini qo'shib kelayotgan Odil Ahmedov yana bir ishga qo'l urdi.

U Toshkent shahar futbolida faoliyat olib borayotgan murabbiylar uchun tashabbus ko'rsatgan holda UEFA Pro licenziyasiga ega mutaxassis Yuriy Sverkovni jalb qilib, Evropada kuzatilayotgan yangiliklar haqida ularning fikr mulohazalarini eshitdi.

Ayni paytda, o'zining bolalar akademiyasiga ega terma jamoamizning sobiq sardori, imkon qadar O'zbekistonda yoshlar murabbiylarining zamonaviy faoliyat olib borishlari va musobaqalarni sifatli ko'rinishga kelishi haqida bosh qotirmoqda.



UEFAlik mutaxassis bilan yil oxirigacha shartnoma imzolandi. Bugun Yuriy Gennadevich poytaxtda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar uchun Evropada bugun kuzatilayotgan standartlar va yangiliklar haqida qisqacha axborot berib o'tdi. Yaqin kunlarda u vodiyga ham tashrif buyuradi va "Vodiy Ligasi" finalini kuzatadi. Bir kun avval esa mutaxassis ligada ishtirok etgan murabbiylar uchun Germaniya va Niderlandiyadagi dastur haqida tushuncha beradi.

"Yurtingizga taklif qilganligingiz uchun rahmat. So'nggi bir hafta davomida ko'plab o'yinlarga tashrif buyurdim va ko'rdimki, istedodlar etarlicha. Maqsadingiz Osiyoda o'z o'rningizga ega bo'lgan holda, Jahon chempionatining doimiy ishtirokchisi bo'lishligi quvonarli. Lekin bu oson ish emas, buning uchun ko'p vazifalarni uddalash kerak. Toshkentdagi raqobat juda kuchli ekan. 35 million aholi bu kichik narsa emas, shuncha aholisiga ega mamlakatdagi o'yinchilar ham juda ko'p bo'lishi kerak. Umid qilaman, sizlar bilan ish olib borish men uchun ham qiziq bo'ladi", - deydi mutaxassis.



Uzrli sababga ko'ra tadbirga kela olmagan Odil Ahmedov bilan telefon orqali bog'landik.
- Ko'pchilik aytishi mumkin, nima uchun bu raqib jamoalarini ham tadbirga chaqirdi deb. Hozir ham Toshkentda raqobat yo'q emas, lekin shu raqobatning ortida sifat yotsa, aniq biz JCHga chiqamiz. Raqobat hamma erda bo'lishi mumkin, raqobat saviyadan kelib chiqib bo'laveradi. Lekin sifatli raqobatga egamizmi? Mana shu meni qiynab kelardi. Hamkorlarim nafaqat "Odil Ahmedov akademiyasi"ni, balki Respublika bo'ylab barcha bilan birgalikda futbolni ko'tarishimiz kerakligini aytib o'tishganda ikkilanmay rozi bo'ldim. Biz zo'rmiz deb yuraversak, ertaga mana shunday mundiallarsiz qolib ketaveramiz. Mayli mening jamoam hamma musobaqalarni yutmasin, ammo ertaga sifatli ish tufayli yana ko'plab yaxshi jamoalar yuzaga kelsa, bundan terma jamoamiz yutadi. Hali bu boshlanishi, rejalarim juda katta.

- Bu ishga qo'l urishingizga aynan nima sabab bo'ldi?

- O'zim klubi tashkil qilib yana bir bor amin bo'ldim, bizda murabbiylarning tayyorlash tizimi borasi Osiyoning kuchli jamoalaridan ortda ekan. Mana shuning uchun ham bugun O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan murabbiylar bilan birgalikda o'sishni niyat qildim. Bu boshlanishi, vaqt o'tishi bilan Evropaning top jamoalaridan ham seminar o'tkazish uchun mutaxassislar taklif qilamiz. Biz qachon, qanday mashg'ulot berishni va o'yinlarda ulardan qanday to'g'ri foydalanish kerakligini mukammal o'zlashtirib olishimiz kerak. Bunga vaqt ketadi, lekin qachondir qilishimiz kerak.





Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика