So’nggi yangiliklar

21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  6 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  4 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  8 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  11 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  9 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

OCHL so'rovnomasi tugadi: Teymuryan birinchi, Aliboev ikkinchi Yangiliklar

OCHL so'rovnomasi tugadi: Teymuryan birinchi, Aliboev ikkinchi

OFK saytida OCHL tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash uchun o'tkazilgan so'rovnoma o'z yakuniga etdi.

O'ziga yarasha qiziq kechgan so'rovnomada hamyurtimiz Ikrom Aliboevning o'tgan yil "Loko" tarkibida "Al Vahda"ga urgan goli eng yaxshi bo'lishga davogarlik qildi. Ko'p sonli muxlislar ovoz berishi natijasida Aliboev finalga qadar etib keldi. 

Finalda u eronlik Andranik Teymuryan bilan bahs olib bordi. 3 kun ichida 165 mingga yaqin muxlis o'z ovozlarini berishdi va yakunda Andranik Teymuryan 77 foiz bilan birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikrom Aliboevning qariyb maydon markazidan kiritgan goli esa OCHL tarixidagi eng chiroyli gollar orasida ikkinchi o'rinni egalladi. 

Aytish mumkinki, Ikrom Aliboevning goli birinchi bo'lishga haqli edi, biroq raqib eronlik bo'lganidan keyin g'olib chiqish nihoyatda imkonsiz. CHunki Osiyoda ovoz berish bo'yicha eronlik va vetnamliklarga etadigani yo'q. Ushbu so'rovnomada Teymuryanga 127 ming 451 kishi ovoz berdi. Ikromga esa 37 ming 196 muxlis ovoz bergan. 

SHunga qaramay Aliboevni ikkinchi o'rin bilan tabriklab qolamiz va keyingi faoliyatida yanada chiroyli gollar urishini tilaymiz. Unga ovoz berganlarga esa rahmat aytamiz. 

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика