So’nggi yangiliklar

17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  3 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0 14:00Али Дайининг бенефиси, Абрамовнинг охирги бекати ва "Озоди"даги ягона ғалаба. Эрон билан аввалги ўйинларда қандай натижалар қайд этилган?  43 13:50Милан Шкриньяр қишдаёқ ПСЖдан кетиши мумкин  0 13:31"Персеполис" клуби бугун Ўзбекистон - Эрон учрашувида майдонга тушадиган футболчини судга берди  0 13:13Юсупов 2400 километрни машинада босиб ўтди, Ҳиндистон клуби мусобақадан четлатилди, Тожикистон клуби 2 кун энг тинч мамлакатлардан бири Эронда қолиб кетди...  6 12:39"Ювентус"дагилар Погба клубдан кетишини тасдиқлашди  0 12:20Роналду "Ал Насср" раҳбарлари билан учрашди  7 11:58Бобоси томонидан исми ўзгартирилган, волейбол терма жамоасига чақирилган ҳамда ўзбекистонлик мутахассис кашф этган Сардор Азмун билан яқиндан танишамиз  2 11:38Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйин учун тахминий таркиби  27 11:23"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Сойибов Комроншоҳ  0 10:58"Реал Мадрид"нинг келаси ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  2

OCHL finalidan keyin mulohaza: SHarq G'arbdan ancha o'zib ketdimi? Yangiliklar

OCHL finalidan keyin mulohaza: SHarq G'arbdan ancha o'zib ketdimi?

Teglar :  OCHLBarcha finallar
Osiyo chempionlar ligasining bu yilgi mavsumida Yaponiyaning "Urava Reds" klubi g'olib bo'ldi. Ikki o'yindan iborat finalda yaponiyaliklar matonat ko'rsatgan holda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubidan ustun kelishdi.

Ar Riyod shahrida kechgan birinchi o'yin 1:1 hisobida yakun topgandi, Saytamadagi ikkinchi finalda esa maydon egalari 1:0 hisobida zafar quchishdi. "Urava Reds"ning braziliyalik futbolchisi Rafael Silva javob uchrashuvida ham o'zini ko'rsatib, yagona golga mualliflik qildi. SHunday qilib "Urava Reds" Osiyo chempionlar ligasida zafar quchgan Yaponiyaning ikkinchi klubi bo'ldi.

Qolaversa, bu jamoa ikkinchi bor OCHLda zafar quchdi. "Urava Reds" birinchi marta 2007 yilgi musobaqada g'olib chiqqandi. Bundan tashqari, 2008 yil boshqa bir yapon klubi - "Gamba Osaka" g'oliblikni qo'lga kiritgan. Statistikaga qaraydigan bo'lsak, oxirgi yillarda SHarq ustunlikni o'z qo'lida saqlab turgan holda G'arbga umuman imkoniyat qoldirmayotganini ko'ramiz.


Yaxshi bilasiz, Osiyoda OCHL musobaqasi G'arb va SHarq mintaqalariga bo'lingan holda o'tkaziladi. Bu qitaning nihoyatda kattaligi bilan bog'liq. Aytib o'tganimizdek, oxirgi yillarda SHarq g'oliblikni qo'ldan bermay kelyapti. So'nggi bor 2011 yil G'arb mintaqasi vakili "Al Sadd" OCHLda g'olib chiqqandi. SHundan beri oltita final o'tkazilgan bo'lsa, hammasida SHarqliklar g'olib bo'lishdi.

Qisqacha tarixga murojaat qiladigan bo'lsak, OFK ilk bor klublar o'rtasidagi xalqaro o'yinlarni 1967 yil yo'lga qo'ygan. O'shanda musobaqa Osiyo klublar chempionati deb nomlanardi. 1990 yildan ushbu xalqaro musobaqa Osiyo Kubok egalari Kubogi deb yuritila boshlandi va musobaqa tartibida biroz o'zgarishlar kiritildi. 2002 yildan etiboran esa Osiyo chempionlar ligasi deya nomlanib kelmoqda. OCHLda avvaliga 24ta klub ishtirok etardi, lekin 2009 yildan boshlab klublar soni ortdi, shundan beri guruh bosqichida 32ta jamoa qatnashib kelmoqda.


Musobaqa finali 2002/2003 yilgi mavsumdanoq ikkita o'yindan iborat bo'lgan. Ammo 2009 yilga kelib final bitta o'yin sifatida o'tkaziladigan bo'ldi. Bu holat to'rt mavsum davom etdi va 2013 yildan yana ikkita o'yinlik finalga o'tildi. SHu paytgacha OCHLning 15ta g'olibi aniqlangan bo'lsa, eng ko'p Janubiy Koreya vakillari musobaqada bosh sovringa ega chiqishgan. Yani, Janubiy Koreya klublari besh marta kubokni bosh uzra ko'tarishgan. Bu borada Yaponiya ikkinchi o'rinda - 3 marta. Xitoy va Saudiya Arabistoni klublari esa ikki martadan OCHLda zafar quchishgan.

Futboli kuchli bo'lishiga qaramay, OCHLda jamoasi g'olib chiqmagan davlat bu - Eron. Eron klublari ikki bor ("Sepaxon" va "Zobaxan")finalda o'ynashgan, biroq g'olib bo'la olishmagan. Finalda eng ko'p yutqazgan klublar esa Saudiya Arabistonidan. Bu mamlakat klublari to'rt marta finalda yutqazib qo'yishgan. Oxirgi finalda ham aynan Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi imkoniyatni boy berganini yaxshi bilasiz.


Umuman olganda, shu paytgacha 15 marta musobaqaning final o'yinlari o'tkazilgan bo'lib, shundan 11tasida SHarq va faqat to'rttasida G'arb klublari bosh sovringa ega chiqishgan. Ketma-ket olti yildan beri SHarq klublari chempionlikni bermay kelayotgani esa SHarqning G'arbdan ancha o'zib ketganini ko'rsatadi.

Finalda eng ko'p g'olib bo'lgan davlat vakillari:
Janubiy Koreya - 5 (2006, 2009, 2010, 2012, 2016)
Yaponiya - 3 (2007, 2008, 2017)
Saudiya Arabistoni - 2 (2004, 2005)
Xitoy - 2 (2013, 2015)
BAA - 1 (2002/03)
Qatar - 1 (2011)
Avstraliya - 1 (2014)

Finalda eng ko'p mag'lub bo'lgan davlat vakillari:
Saudiya Arabistoni - 4 (2009, 2012, 2014, 2017)
Janubiy Koreya - 3 (2004, 2011, 2013)
BAA - 3 (2005, 2015, 2016)
Eron - 2 (2007, 2010)
Tailand - 1 (2002/03)
Suriya - 1 (2006)
Avstraliya - 1 (2008)


Osiyo chempionlar ligasining barcha g'olib va finalchilari:
2002/03 y. "Al Ayn" (BAA); finalchi - "Bek Tero Sasana" (Tailand)
2004 y. "Al Ittihod" (S.Arabistoni); finalchi - "Seongnam Ilva CHunma" (J.Koreya)
2005 y. "Al Ittihod" (S.Arabistoni); finalchi - "Al Ayn" (BAA)
2006 y. "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya); finalchi - "Al Karama" (Suriya)
2007 y. "Urava Reds" (Yaponiya); finalchi - "Sepaxon" (Eron)
2008 y. "Gamba Osaka" (Yaponiya); finalchi - "Adelaida Yunayted" (Avstraliya)
2009 y. "Poxang Stilers" (J.Koreya); finalchi - "Al Ittihod" (S.Arabistoni)
2010 y. "Seongnam Ilva CHunma" (J.Koreya); finalchi - "Zobaxan" (Eron)
2011 y. "Al Sadd" (Qatar); finalchi - "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya);
2012 y. "Ulsan Xyunday" (J.Koreya); finalchi - "Al Ahli" (S.Arabistoni)
2013 y. "Guangju Evergrand" (Xitoy); finalchi - "FK Seul" (J.Koreya)
2014 y. "Vestern Sidney" (Avstraliya); finalchi - "Al Hilol" (S.Arabistoni)
2015 y. "Guangju Evergrand" (Xitoy); finalchi - "Al Ahli" (BAA)
2016 y. "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya); finalchi - "Al Ayn" (BAA)
2017 y. "Urava Reds" (Yaponiya); finalchi - "Al Hilol" (S.Arabistoni)

X.Xoliqov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика