So’nggi yangiliklar

14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  0 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  0 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  6 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  9 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  5 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7

OCHL. “Bunyodkor”da oltita o'yindan beri g'alaba yo'q Yangiliklar

OCHL. “Bunyodkor”da oltita o'yindan beri g'alaba yo'q

Osiyo chempionlar ligasining 2-turidan o'rin olgan bahsni o'z maydonida o'tkazgan “Bunyodkor” kecha Qatarning “Al Jaish” klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Natijada “Bunyodkor”ning uy uchrashuvlaridagi g'alabasiz seriyasi 6taga etdi. SHu paytgacha “Bunyodkor” o'z maydonida besh o'yindan beri g'alaba qozona olmay kelayotgandi va bu haqda kecha malumot bergandik.

Albatta, bunday ko'rsatkich oliy ligamizning amaldagi chempioni uchun yaxshi emas. “Bunyodkor” bir paytning o'zida ham O'zbekiston chempioni, ham Kubok va Superkubok egasi hisoblanadi. SHunday ekan, ko'pchilik bu jamoadan xalqaro uchrashuvlarda ham g'alaba kutadi. Statistika shuni ko'rsatyaptiki, “Bunyodkor” OCHL bahslarida oxirgi bor o'z maydonida 2012 yilning 3 oktyabrida g'alaba qozongan ekan. Musobaqaning chorak final bahsida Avstraliyaning “Adelaida Yunayted” klubi ustidan 3:2 hisobida. SHunda ham o'yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakuniga etgan.

Ana o'shandan beri Mirjalol Qosimov shogirdlari OCHLdagi uy bellashuvlarida g'alaba nimaligini bilmay kelishyapti. Jamoa shundan beri o'z uyida “Ulsan Xyunday”, “Poxang Stilers”, “Beyjing Goan”, “Sanfrechche Xirosima”, “Buriram Yunayted” kabi klublarga qarshi maydonga tushdi. Kechagi o'yinda ham ushbu noxush anana davom etib, “Bunyodkor” kutilmaganda Qatar klubiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

“Bunyodkor”ning guruhdagi oxirgi g'alabasi 2012 yilning 16 mayida qayd etilgan. O'shanda jamoa Janubiy Koreyaning “Poxang Stilers” klubini 1:0 hisobida mag'lub etgan. Quyida “Bunyodkor”ning o'z maydonidagi oxirgi uchrashuvlarini keltirib o'tamiz.

16 may, 2012
“Bunyodkor” – “Poxang Stilers” – 1:0

3 oktyabr, 2012. “Bunyodkor” – “Adelaida Yunayted” – 3:2

24 oktyabr, 2012
“Bunyodkor” - “Ulsan Xyunday” – 1:3

13 mart, 2013
“Bunyodkor” – “Poxang Stilers” – 2:2

2 aprel, 2013
“Bunyodkor” – “Beyjing Goan” – 0:0

23 aprel, 2013
“Bunyodkor” – “Sanfrechche Xirosima” – 0:0

21 may, 2013
“Bunyodkor” – “Buriram Yunayted” – 0:0

11 mart, 2014
“Bunyodkor” – “Al Jaish” – 1:2
 

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика