So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  4 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

OCHL birinchi finalidan keyin murabbiylar fikr bildirishdi Yangiliklar

OCHL birinchi finalidan keyin murabbiylar fikr bildirishdi

Teglar :  OCHL final
Kecha Osiyo chempionlar ligasining dastlabki finalidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tdi. Bunda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi o'z maydonida Yaponiyaning "Urava Reds" klubini qabul qilib 1:1 o'ynadi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida yaponlar bosh murabbiyi Takafumi Xori quyidagi fikrlarni bildirdi:


- "Safarda 1:1 o'ynash yaxshi natija, hali oldinda javob bahsi bor va Saytamada butunlay boshqacha o'yin guvohi bo'lamiz. "Al Hilol" o'z maydonida kuchli o'yin namoyish etadi, lekin biz ularning qarshiligini engib o'ta oldik".

- "Javob bahsida imkoniyat ko'proq biz tomonda bo'ladi deb o'ylayman. Birinchi o'yinda himoyaviy o'ynadik deb aytolmayman, lekin bunday katta o'yinlarda himoyani o'ylamasdan o'ynab bo'lmaydi".


"Al Hilol" bosh murabbiyi Ramon Diaz esa o'yindan keyin shunday dedi:


- "Biz o'yinni birmuncha sekin boshladik va kutilmaganda tezkor gol o'tkazib yubordik. Lekin shogirdlarimning harakatidan qoniqdim. Javob bahsida faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz, endi Yaponiyada gol urishimiz shart. Hakamning final hushtagi yangramaguncha kurash davom etadi".

- "Agar bugun xavfli vaziyatlar sodir etmaganimizda bu meni xavotirga solardi. CHunki futbolda vaziyat yarata olmaslik, jamoang o'ynamayotganini ko'rsatadi. Saudiyalik muxlislarga aytadigan gapim: xavotir olmanglar, hammasi yaxshi bo'ladi".


Eslatib o'tamiz, finalning ikkinchi o'yini 25 noyabr kuni Yaponiyaning Saytama shahrida o'tkaziladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика