OCHL. "Al Vakra" - "Navbahor" uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi
21 avg 2023 17:21
Yangiliklar
OCHL. "Al Vakra" - "Navbahor" uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi
Xabaringiz bor, Namanganning "Navbahor" klubi OCHL guruh bosqich yo'llanmasi uchun safarda "Al Vakra"ga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuvni yaponiyalik Xiroyuki Kimura boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Kota Vatanabe va Takumi Takagi yordam beradi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv ertaga 22 avgust O'zbekiston vaqti bilan 20:30da start oladi.
"Al Vakra" (Al-Vakra, Qatar) - "Navbahor" (Namangan, O'zbekiston)
Osiyo CHempionlar Ligasi. Saralash bosqichi
22.08.2023 (seshanba)
“Al-janub” stadioni. Al-Vakra
20:30 (O'zbekiston vaqti bilan)
Hakamlar: Xiroyuki Kimura, Kota Vatanabe, Takumi Takagi, Yudai Yamamoto.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar