So’nggi yangiliklar

18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  14 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0

OCHL. "Al Vahda" - "Lokomotiv" uchrashuviga oid malumotlar Yangiliklar

OCHL. "Al Vahda" - "Lokomotiv" uchrashuviga oid malumotlar

Bugun Osiyo chempionlar ligasining 5-tur bahslari davom ettiriladi.

"Lokomotiv" Abu Dabidagi "Al Nahyan" stadionida "Al Vahda" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 22:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da boshlanadi. 

Guruhdagi vaziyat 

"Al Vahda" to'rtta o'yindan so'ng 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Lokomotiv" esa 4 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. Guruhdan chiqish uchun "Loko"da ham imkoniyat bor, biroq hammasi o'z qo'lida emas. "Temiryo'lchilar" o'tgan yil ham "Al Vahda" bilan bitta guruhga tushishgandi. O'tgan mavsum "Loko" har ikki uchrashuvda raqibini mag'lub etgan. Ayniqsa Abu Dabida 4:1 hisobidagi g'alaba jamoa uchun eng esda qolarli o'yinlardan biri bo'lgandi.

 

"Al Vahda"ga oid malumotlar: 

- "Al Vahda" 1-turda mag'lubiyatga uchradi, biroq keyingi uchta uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi. Bu jamoa Toshkentda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. SHundan so'ng o'z uyida "Al Ittihod"ni 4:1 hisobida engdi va keyingi ikkita uchrashuvda "Al Rayan" ustidan safarda 2:1 va o'z maydonida 4:3 hisobida zafar quchdi. 

- O'tgan turda jamoa hujumchisi Leonardo 4ta gol urib poker qayd etdi. SHunday qilib u OCHL tarixida bitta o'yinda to'rtta gol urgan 13-futbolchi bo'ldi. 

- Ketma-ket uch o'yinda g'alaba qozongan "Al Vahda" 10ta gol urib o'z darvozasidan 5 bor to'p olib chiqdi. Bundan ko'rnib turibdiki, jamoaning hujum chizig'i joyida, ammo himoyasi zo'r emas. 

- Bugungi o'yinni Sultan Al Gafri bilan Ahmad Rashid sariq kartochkalar sabab o'tkazib yuboradi. 

- "Al Vahda" BAA chempionatining o'tgan turida g'alabaga erishdi. Jamoa safarda "Al Jazira"ni 3:1 hisobida mag'lub etib qaytdi.


"Lokomotiv"ga oid malumotlar: 

- "Lokomotiv" bungacha "Al Vahda" bilan uch bor o'ynab uchalasida ham zafar quchgan. Uchta o'yinda to'plar nisbati 11-1. Ko'rinib turibdiki, "Al Vahda" "Loko" uchun qulay raqib. 

- "Lokomotiv"ning negadir safarda ishlari yurishmayapti. Jamoa oxirgi 8ta sarafar o'yinidan 7tasida mag'lubiyatga uchradi. Jamoa oxirgi marta o'tgan yil aynan "Al Vahda"ni 4:1 hisobida mag'lub etgan. 

- Bugungi bahsni "temiryo'lchilar" sardori Islom To'xtaxo'jaev diskvalifikaciya sabab o'tkazib yuboradi. CHunki u o'tgan o'yinning 75-daqiqasida qizil kartochka olgandi. 

- "Lokomotiv" O'zbekiston Superligasining o'tgan turini o'z maydonida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazib 2:2 hisobini qayd etdi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика