So’nggi yangiliklar

09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  1 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  1 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  2 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  2 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  4 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  44 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  15 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  2 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0

OCHL. "Nasaf" - "Al Faysali" o'yinida durang qayd etildi Yangiliklar

OCHL. "Nasaf" - "Al Faysali" o'yinida durang qayd etildi

Teglar :  Nasaf OCHL
Mazkur sahifada OCHL guruh bosqichining 4-turidan o'rin olgan "Al Faysali" - "Nasaf" uchrashuvi matnli tarzda translyaciya qilinadi.

"Al Faysali" 0:0 "Nasaf"

Hakamlar: Ahmed Abubakar Al Kaf, Abu Bakar Al-Amri, Rashid Hamid Ali, Mahmud Salim Al Majarafi (barchasi Ummondan).

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 2. Alibek Davronov, 4. Husniddin Aliqulov, 7. SHarof Muhiddinov (99. Semir Smaylagich, 76), 8. Dilshod Saitov, 9. Ivan Solovev (17. Suhrob Nurulloev, 26), 10. Husayn Norchaev,  22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich (18. Bahrom Abdurahimov, 86), 92. Umarbek Eshmurodov.

Zaxiradagilar: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 6. Murodbek Rahmatov, 23. Sardor Sadullaev, 27. Zafarmurod Abdirahmatov, 30. Aziz Xolmurodov, 70. Asliddin Tursunpo'latov.

"Al Faysali": 26. Mustafo Malaeka, 5. Muhammad al-Amri (77. Holid Kaabi, 62), 6. Hisham Faik,7. Ismoil Lima, 9. Martin Boyl (18. SHaya SHarahili, 89), 12. Hussayn Solih Salim, 17. Solih al-Qumayzi, 19. Julio Tavares, 22. Yasin Barnavi, 39. Abdulrahmon al-Dosari (80. Muhammad al-Sayari, 79), 99. Volid al-Ahmad.

Zaxiradagilar: 28. Ahmad al-Kassar, 8. Abdulmajid al-Suvait, 14. Solih al-Abbos, 25. Ismoil Ahmad, 35. Ali Said Muaddi, 87. Meshal Hayrallah, 88. Abdulaziz al-SHarid.

Ogohlantirish: Volid al-Ahmad (19), Muhammad al-Sayari (92).

Sahifani yangilash

Uchrashuv yakunlandi. Jamoalar bittadan ochko bo'lishib olishdi.

90+3. "Nasaf" yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo to'p Mozgovoyning qo'liga tegib qoldi.

90+2. Sariq kartochka. Raqibga nisbatan provakaciya ishlatgan as-Sayyari ogohlantirildi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'zgarish. Martin Boyl o'rniga SHaya SHarahili maydonga chiqarildi. 

88. Aliqulov jarima maydoniga oshirgan to'pni al-Ahmad qaytardi.

86. O'zgarish. Marko Stanoevich o'rniga Bahrom Abdurahimov tushirildi.

85. Smaylagichning zarbasi ham noaniq ketdi.

83. Nurulloev uzatgan to'pga jarima maydoni ichida zarba beradigan futbolchi etishmadi.

82. Markoning navbatdagi zarbasiga aniqlik etishmadi.

O'zgarish. Al-Dosari o'rniga as-Sayyari maydonga tushdi.

79. Holid Kaabining zarbasiga aniqlik etishmadi.

78. Zarbaaa! Markodan kuchli zarba. Malaeka o'z o'rnida.

76. O'zgarish. SHarof Muhitdinov o'rniga Semir Smaylagich tushirildi.

74. Muhitdinov jarimadan uzatgan to'pga Aliqulov zarba bergan edi. Aniqlik etishmadi.

73. Solih Salim Nurulloevni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.

68. Xavfli! "Faysali" qarshi hujumga o'tdi. Boylning zarbasidan keyin Nematovning seyvi "Nasaf"ni qutqarib qoldi.

65. Marko Stanoevichning zarbasi darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi.

64. "Nasaf" futbolchilari yana raqib jarima maydoni ichida. Ammo vaziyat keskinlashmadi.

62. O'zgarish. Muhammad al-Amri o'rniga Holid Kaabi maydonga tushirildi. 

57. Qoyil! "Nasaf" futbolchilari raqib yarim maydonida qolib ketgan edi. Markazga yugurib chiqqan Nematov "ajdarlar"ni qutqarib qoldi.

55. Davronovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

53. Bozorovning jarima maydoni ichiga uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

52. Saitovning jarima maydoni ichiga uzatmasi darvozabonning qo'llariga kelib tushdi.

50. Stanoevichning jarima zarbasidan tepgan to'pi Malaekaga qiyinchilik tug'dirmadi.

49. Al-Amri Nurulloevga nisbatan qoidani buzdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi. Jamoalar tarkibida o'zgarishlar yo'q.

Taym yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Uxxx! Nurullooev jarima maydoni ichidagi Mozgovoyni topdi. Darvozadan 1 metr masofada turgan Akmal to'pga moslasha olmadi. 

42. Norchaev chap qanotdagi Bozorovni to'p bilan taminladi. Oybekning uzatmasi rikoshet bilan darvozaga qarab ketgan edi. Malaeka to'pni qaytarib yubordi.

41. Husayn - SHarof - Oybek kombinaciyasi zarbagacha etib bormadi.

36. Dilshod Saitov fenomenal harakatlari bilan raqib futbolchilarini aldab o'tib, to'pni jarima maydoni ichidagi Bozorovga uzatdi. Oybek esa zarba yo'llashga imkon topolmadi.

35. Muhitdinovning zarbasi samolarga uchib ketdi.

34. Nurulloevning uzatmasini Solih Salim o'z darvozasiga kiritib yuborishi mumkin edi. Mustafo Malaeka qiyinchilik bilan xavfni bartaraf qildi.

26. O'zgarish. Jarohatlangan Solovyov o'rniga Suhrob Nurulloev tushirildi.

25. Ivan maydonga yiqildi. U o'yinni davom ettirolmaydi.

24. Mustafo Malaeka to'pni Stanoevichga "sovg'a qildi". "Nasaf" futbolchilari esa qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi.

23. Solovyov maydonda yurishga qiynalmoqda. U zaxiraga olinsa kerak.

21. Jarima zarbasi xavfli ko'rinish oldi, ammo hujumni yakunlaydigan futbolchi topilmadi.

20. Ivanga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda...

19. Ogohlantirish! Jarima maydoni chizig'ining ustida Solovyovga nisbatan qo'pollik ishlatgan Volid al-Ahmadga sariq kartochka ko'rsatildi.

18. Ivan Solovyovga ishlatilgan qo'pollikdan keyin "Nasaf"da qulay standart yuzaga keldi.

17. Martin Boyl Nematov bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Biroq, qanot hakamining bayroqchasi yuqoriga ko'tarildi. Offsayd!

13. Alibek Davronov tomonidan jarima maydoniga oshirilgan uzatmani himoyachilar bartaraf qilishdi.

11. Mozgovoydan to'pni qabul qilib olgan Stanoevich darvozaga zarba yo'lladi. To'p dastlab himoyachiga, keyin Markoning o'ziga tegib, maydondan chiqib ketdi.

9. Alibek Davronov chap qanotdan Muhitdinovni oldinga boshladi. SHarof to'pga ulgurmadi.

6. Stanoevich Julio Tavareshga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 

Marko Stanoevich hujumda Volid al-Ahmadga nisbatan fol ishlatdi.

1. Uchrashuvga boshlandi. To'pni o'yinga "Al Faysali" futbolchilari kiritib berishdi.

Al-Faisaly

AFC Champions League Grp. E . 4-tur

20/04/2022, 02:15

0
:
0
Tugadi

Nasaf Qarshi

45'
90'
19'  Waleed Al-Ahmad
62'  Mohammed Al-Amri (Khalid Al Kabi)
79'  Abdulrahman Al-Dosari (Mohammed Al Saiari)
89'  Martin Boyle (Shaye Ali Sharahili)
90'  Mohammed Al Saiari
26'  Ivan Soloveev (Sukhrob Nurulloev)
76'  Sharof Mukhiddinov (Semir Smajlagic)
86'  Marko Stanojevic (Bakhrom Abdurakhimov)

— Uchrashuv start olishiga sanoqli daqiqalar qoldi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика