So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

OCHL. 3-turda qaysi o'yinlarni ko'ramiz? Yangiliklar

OCHL. 3-turda qaysi o'yinlarni ko'ramiz?

Teglar :  OCHL
2-4 mart kunlari Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 3-tur bahslarini o'tkazish belgilab qo'yilgandi.

Biroq koronavirus tufayli bir nechta uchrashuvlar nomalum muddatga qoldirildi. SHuningdek, OFK Eron klublariga 3-turda maydonga tushishlariga ruxsat bermadi. Buning natijasida G'arb mintaqasida 3-turning faqat ikkita o'yini bo'lib o'tadi. 

Qatarning "Al Duhayl" klubi o'z maydonida "SHarja"ni qabul qilsa, "Al Sadd" safarda "Al Ayn" mehmoni bo'ladi. OCHL guruh bahslarida Erondan to'rtta klub qatanashayotgan bo'lsa, OFK barcha jamoalar ishtirokidagi bahslarni qoldirdi. Xususan 3 mart kuni Toshkentda bo'lib o'tishi lozim bo'lgan "Sepaxon" - "Al Nasr" bahsi ham o'tkazilmaydigan bo'ldi. 

Koronavirus Saudiya Arabistoniga ham etib borgan ko'rinadi. CHunki Saudiya klublari uydagi bellashuvlarni o'tkazmaydigan bo'lishdi. SHu tufayli "Al Hilol" - "Paxtakor" bahsi ham qoldirildi. 

SHarq mintaqasida ham bu tur faqat ikkita uchrashuv o'tkaziladi. Malumki, Xitoy klublari o'z uylarida hamon to'p tepa olishmayapti. SHuningdek, Janubiy Koreya klublariga ham uyda o'yin o'tkazishga ruxsat berilmayapti. Natijada Ikrom Aliboev jamoasi "Seul" ishtirokidagi bahs ham qoldirildi. 

Bu tur Janubiy Koreyaning ikkita klubi safarda o'ynaydi. "Suvon Samsung" Malayziyaga yo'l olsa, "CHonbuk Xyunday" Avstraliyada "Sidney" mehmoni bo'ladi.      


O'tkaziladigan o'yinlar: 

"C" guruhi. 3-tur

2 mart. "Al Duhayl" (Qatar) - "SHarja" (BAA) 


"D" guruhi. 3-tur

3 mart "Al Ayn" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar)


"G" guruhi. 3-tur

3 mart. "Johor Darul Tazim" (Malayziya) - "Suvon Samsung" (J.Koreya)


"H" guruhi. 3-tur

4 mart. "Sidney FK" (Avstraliya) - "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya)


Qoldirilgan o'yinlar: 

"A" guruhi. 3-tur

"Al Ahli" (S.Arabistoni) - "Al SHorta" (Iroq)

"Al Vahda" (BAA) - "Istiqlol" (Eron)

 

"B" guruhi. 3-tur

"Al Hilol" (S.Arabistoni) - "Paxtakor" (O'zbekiston)

"SHabab Al Ahli" (BAA) - "SHahr Xodro" (Eron)


"C" guruhi. 3-tur

"Persepolis" (Eron) - "Al Taavon" (S.Arabistoni)


"D" guruhi. 3-tur

"Sepaxon" (Eron) - "Al Nasr" (S.Arabistoni)


"E" guruhi. 3-tur

"FK Seul" (J.Koreya) - "CHiangrai Yunayted" (Tailand)

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика