OCHL-2018. “Persepolis” – “Nasaf” uchrashuvini koreyalik hakamlar boshqaradi
09 fev 2018 08:24
Yangiliklar
OCHL-2018. “Persepolis” – “Nasaf” uchrashuvini koreyalik hakamlar boshqaradi
Uchrashuvda zaxira hakami sifatida qirg'izistonlik hakam Dmitriy Mashencev ishlaydi. Hakamlar ishini Suriya Arab Respublikasidan Muhammad Basil Alhajjar nazorat qiladi. Uchrashuvda singapurlik Sivakumar komissarlik qiladi.
OCHL-2018. “S” guruhi, 1-tur
“Persepolis” (Eron) – “Nasaf” (O'zbekiston)
13.02.2017. Tehron sh. “Ozodiy” stadioni. 18:45
Bosh hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya)
Yordamchi hakamlar: Sung Bonkyun (J.Koreya), Kvak Suyungsun (J.Koreya)
Zaxira hakami: Dmitriy Mashencev (Qirg'iziston)
Nazoratchi: Muhammad Basil Alhajjar (Suriya)
Uchrashuv komissari: Sivakumar (Singapur).
Qiziqarli faktlar. OCHL-2009 nimchorak finalining, "Bunyodkor" - "Persepolis" 1:0 hisobidagi uchrashuvni ham aynan Kim Dong Jin boshqargan. Ammo OCHL-2015dagi ushbu hakam boshqargan, “Bunyodkor” – “Persepolis” uchrashuvida “qaldirg'ochlar” kichik hisobda imkoniyatni boy berishgan.
Kim Dong Jin 2011 yilgi Qarshida bo'lgan “Nasaf” – “Quvayt SK” 2:1, OFK kubogi final uchrashuvini ham boshqargan.
Maqsud Karimov 1-daqiqada gol urgan, OCHL-2016 guruh bosqichidagi “Nasaf” – “Al-Ayn” 1:1 uchrashuvini ham Kim Dong Jin boshqargan edi.
Qisqasi, Kim Dong Jin boshqargan aksariyat uchrashuvlarda yurtimiz vakillari ijobiy natijaga erishganlar.
Fikrlar