So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  20 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

OCHL-2016. G'arb mintaqasida ishtirok etuvchi barcha klublar malum bo'ldi Yangiliklar

OCHL-2016. G'arb mintaqasida ishtirok etuvchi barcha klublar malum bo'ldi

Osiyo qitasining klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi bo'lgan Osiyo chempionlar ligasining yangi mavsumi 27 yanvar kuni start oladi.

Albatta dastlab pley-off o'yinlari o'tkaziladi. Guruh bosqichi 23 fevral kuni boshlanadi.

Keyingi yil ham O'zbekistondan musobaqada 4ta klub qatnashadi. "Bunyodkor" pley-offdan kurashga qo'shilsa "Nasaf", "Lokomotiv" va "Paxtakor" guruh bosqichida o'ynaydi.

Pley-offda jami 15ta klub ishtirok etadi. Ularning 4tasi guruh bosqichiga yo'l oladi. Saralash bahslarida "Bunyodkor"ning qatnashishi haqida aytib o'tdik. Pley-offda Azizbek Haydarov to'p tepayotgan "Al SHabab" va Sardor Rashidov o'ynayotgan "Al Jayish" klublari ham ishtirok etadi. "Al Sadd" safida Xavi o'ynayotganini ham zukko o'quvchilarimiz juda yaxshi bilishadi.



Birinchi saralash bosqichida o'ynaydigan klublar:
Quvayt - "Quvayt SK", "Al Vihdat"
Ummon - "Al Oruba"
Bahrayn - "Al Muharraq"
Livan - "Al Ahad"
Suriya - "Al Jayish"
 
Ikkinchi saralash bosqichida o'ynaydigan klublar:
BAA - "Al SHabab"
Qatar - "Al Sadd", "Al Jayish"
Iroq - "Naft Al Vasat", "Al Quva Al Javiya"

Uchinchi saralash bosqichida o'ynaydigan klublar:
Saudiya Arabistoni - "Al Ittihod"
Eron - "Naft tehron"
O'zbekiston - "Bunyodkor"
BAA - "Al Jazira"


Guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olgan 12ta klub nomi malum bo'lib ulgurgan:
Saudiya Arabistoni - "Al Nasr", "Al Hilol", "Al Ahli"
Eron - "Sepaxon", "Zob Ohan", "Traktorsozi"
O'zbekiston - "Paxtakor", "Nasaf", "Lokomotiv"
BAA - "Al Ayn", "Al Nasr"
Qatar - "Lahviya"


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика