So’nggi yangiliklar

23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  11 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  25 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  49

Obod futbol klubi muxlislarni derbi bahsiga chorlaydi Yangiliklar

Obod futbol klubi muxlislarni derbi bahsiga chorlaydi

Teglar :  ObodBunyodkor
O'zbekiston XXV milliy chempionatining 6-tur o'yinlari doirasida Toshkentning Obod va Bunyodkor jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.

Mazkur uchrashuv 23 aprel kuni “JAR” stadionida soat 17:00da boshlanadi. “Derbi” maqomida o'tadigan ushbu uchrashuvga qiziqish yuqori, desak mubolag'a bo'lmaydi. Boisi, Obod futbolchilari shu kunga qadar “qaldirg'ochlar” bilan O'zbekiston kubogi bahslari doirasida uch bora to'qnash kelishgan va har safar nomdor raqibga munosib qarshilik ko'rsata olgan. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili mamlakat kubogi 1/8 final bosqichida dastlab Obod o'z maydonida kichik – 0:1 hisobida yutqazgan, ammo mehmonda durang qayd etgandi. Lekin ikki o'yin natijasiga ko'ra keyingi bosqichga Bunyodkor yo'l olgandi.

Joriy yilda ham bu ikki klub yana O'zbekiston kubogi 1/8 finalida to'qnash kelib qolishdi va “JAR” stadionida o'tgan dastlabki uchrashuvda kuchlar teng keldi – 2:2. Ushbu omillar tanish raqiblarning navbatdagi to'qnashuviga bo'lgan qiziqishni ham oshirmoqda. Negaki, bugungi o'yinda Bunyodkor g'alabaga erishib, peshqadamlar safidan tushib qolmaslikka intilsa, Obod mavsumdagi dastlabki g'alabasini tantana qilish uchun astoydil bahs olib boradi. Bularning barchasi uchrashuvning keskin va murosasiz kurashlar ostida o'tishini taminlaydi. Siz Obod - Bunyodkor uchrashuvini bevosita stadiondan turib tomosha qilishni istasangiz, “JAR” stadioniga marhamat!

Uchrashuvga chiqarilgan chipta-taklifnomalarni “JAR” stadioni kassalaridan bepul qo'lga kiritishingiz mumkin. SHoshiling!!!

O'zbekiston XXV milliy chempionati. 6-tur
23 aprel, soat 17:00. “JAR” stadioni
Obod (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent)
Hakamlar:
H.Ro'ziev (Toshkent), O.Abduvasilov (Toshkent), S.SHoyusupov (Toshkent), A.Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi hakam: B.Tog'aev (Toshkent).
PFL vakili: F.Magometov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика