So’nggi yangiliklar

07:25ОЧЛ-2. "Насаф" жамоаси сафарда "Шабаб Ал-Аҳли" клубига мағлуб бўлди. Азмун уч дақиқа ичида иккита гол урди.  0 03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  28 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8

Obid Jo'raboev: "Neftchi"ni omad va vaziyatlardan foydalanish hisobiga mag'lub etdik" Yangiliklar

Obid Jo'raboev: "Neftchi"ni omad va vaziyatlardan foydalanish hisobiga mag'lub etdik"

Samarqandning "Dinamo" jamoasi Pro liga 16-turida o'z maydonida turnir jadvalida karvonboshilik qilayotgan "Neftchi" jamoasini qabul qildi.

SHiddatli va qiziqarli kechgan uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan so'ng "Dinamo"ning tajribali futbolchisi Obid Jo'raboevning fikrlariga quloq tutdik.

- G'alaba bilan tabriklaymiz. Pro liga etakchisi "Neftchi" bilan o'yindagi g'alaba jamoaga navbatdagi o'yinlarda qo'shimcha kuch va ishonch beradimi? Umuman o'yin borasidagi fikringiz qanday?

- Tabrik uchun katta rahmat. Bugungi uchrashuv biz uchun muhim hisoblanar edi. G'alaba qozonishga qo'limizdan kelganicha harakat qildik. "Neftchi" hozircha birinchi o'rinni egallab turibdi. Oldinda yana to'rtta tur qoldi. Imkoniyat har doim bor deb bejiz aytishmaydi. Oxirigacha kurashamiz. Oldinga qarab intilishda davom etamiz. Maqsadimiz Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritish. Qolgan uchrashuvlarni mag'lubiyatsiz o'tkazsak oldimizga qo'yilgan maqsadimizga erishishimiz mumkin. Hammasi oldinda. Qiyin o'yin bo'lishiga qaramasdan 2:0 hisobida g'alaba qozondik. Birinchi bo'lim tengkurashlar ostida o'tdi, "Neftchi" ham yaxshi shakllangan jamoalardan biridir. Birinchi golni urib olganimizdan so'ng bizda umid va g'alabaga bo'lgan ishonch yanada ortdi. Penaltidan hisobni oshirganimiz g'alabaga bo'lgan ishonchni mustahkamladi. Oson o'yin o'tkazmadik. 

- Bir so'z bilan aytganda "Neftchi" nimaning hisobiga mag'lub etildi? Raqib tarkib jihatdan kuchli va o'z o'yinini to'g'ri yo'lga qo'yib olgan edi. Boshqa jamoalar foydalana olmagan xato va kamchiliklaridan "Dinamo" foydalandi desak to'g'ri bo'ladimi?

- Bugungi g'alabamizda omad biz tomonda bo'ldi. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalandik. To'g'ri "Neftchi" kuchli edi. O'z maydoningizda har qanday jamoaga qarshi o'ynashingizdan qatiy nazar mag'lubiyatga uchrasangiz to'g'ri kelmaydi, muxlislar ham xafa bo'ladi. Uy uchrashuvlaridagi g'alaba qo'shimcha kuch beradi. "Neftchi"da o'yin tomonlama kamchilik yoki boshqa xatolar sezmadik. SHunchaki omad bizga kulib boqdi. Vaziyatlardan samara chiqara olganimiz va harakat qilganimiz uchun gol urdik. G'alabada asosiy omil shu bo'ldi deb o'ylayman. 

- Avvalgi ikki turda jamoaga g'alaba qozonish uchun nima kamlik qilgan edi?

-  "Turon" bilan kechgan bahsda oxirgi daqiqalarda standart vaziyatdan to'p olib chiqdik va 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradik. Kutilmagan holda gol o'tkazib yuborganimiz ham tasir qilgan bo'lishi mumkin. Jamoada hammasi yaxshi, kamchiliklar yo'q. Yigitlar ruhiy tomondan tushkunlikka tushishgandir.  Bu futbol, unda gohida yutasiz yoki yutqazasiz. "Turon"ga qarshi bellashuvda birinchi bo'lib biz hisobni ochdik. So'ng ular hisobni tenglashtirdi. 2:1 hisobida oldinga chiqib olishgach yotib olib o'yin cho'zish, asabga tegadigan holatlari ko'p bo'ldi. Bizga gol urishimizga va o'ynashimizga xalaqit berishdi. "SHo'rtan" bilan o'z maydonimizga muhim ochkoni boy berdik. Balki hammasi yaxshillikadir. Oldinga qarab harakat qilamiz. 

- "Dinamo" endigina Sergey Lushchanning uslubiga moslashayotgan edi. Mana shunday qiyin pallada yana murabbiyning almashishi jamoaga qay darajada tasir qiladi? Bu savolga javob berishingiz qiyin, ammo bunda futbolchilarga oson bo'lmaydi...

- Murabbiy almashishi, o'zgarishlar biz futbolchilarga bog'liq emas. Lekin Sergey Ivanovich Lushchan yaxshi jamoa tashkil qildi. O'yin uslubini shakllantirdi, buni kuchaytirdi. Murabbiyga rahbariyat tomonidan etirozlar bo'lgani sabab ishdan olingani yo'q. O'z xohishiga ko'ra ishdan ketdi. Hozircha yordamchi murabbiylar qo'l ostida harakat qilyapmiz. Bizga murabbiylar nima desa o'shani qilamiz. Yaxshi yoki yomonga ajratish futbolchilarga to'g'ri kelmaydi. Barchasini rahbariyat hal qiladi.

- Jamoada ichki muhit, yosh va tajribali futbolchilar, yangi kelib qo'shilganlar orasida munosabat qanday?

- Ichki muhit yomon emas, yaxshi. To'g'risi, Sergey Ivanovich kelganidan so'ng yarim jamoa yangilandi. Bir-birimiz bilan tezda chiqishib keta oldik deya olaman. Yosh futbolchilar ham murabbiydan ko'p narsalar o'rgandi. Qaysidir manoda o'sishga erisha oldi. Barchamiz ahil va inoqmiz. Aka-ukadekmiz. Ichki muhit borasida muammolar yo'q.

- Tajribali futbolchi sifatida jamoadagi yoshlarning harakatiga qanday baho bera olasiz? Masalan SHarofiddin SHobirov, Muhammadqodir Hamraliev kabi futbolchilar yomon taassurot qoldirmadi...

- Tajribali futbolchi sifatida gapiradigan bo'lsam, yoshlarning o'yini yaxshi taassurot qoldirdi. Hammasi intiluvchan va harakatchan bolalar. Muhammadqodir Hamralievni murabbiymiz qaysidir jihatlari uchun malum vaqt imkoniyat berdi, ishonch bildirdi, asosiy tarkibda maydonga tushirdi. SHarofiddin SHobirov haqida ham fikrim shunday. Yaxshi tomonlarini ko'rmaganida, harakatlari bo'lmaganida ularga ishonch bildirmas edi. Bu futbolchilar o'z ustida ishlamoqda. Harakatdan to'xtamay o'z ustida ishlashda davom etishsa ularning kelajagi porloq. Yoshlarga nisbatan fikrim shunday.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика