So’nggi yangiliklar

12:05"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  0 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  2 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  4 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  8 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  21 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  10 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1

O.Ahmedov: Jamoadoshlarimga U20 bilan maqtanyapman Yangiliklar

O.Ahmedov: Jamoadoshlarimga U20 bilan maqtanyapman

Kuni kecha Anjining Avstriyadagi qarorgohiga borib qo'shilgan Odil Ahmedov jamoasi bilan mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

Ayni paytda Anji mashg'ulotlarini Guss Xiddinkni oyog'i singanligi bois, SAFning MYUdagi birinchi yordamchisi Rene Melensten olib borayapti.

Jamoada mashg'ulotlarni boshlab yubordim. Dam olish uchun aytarli vaqt ham bo'lgani yo'q. Hozirda Avstriyada jismoniy tayyorgarligimiz ustida ishlayapmiz. Keyingi yig'inlardan boshlab o'rtoqlik o'yinlari tashkillashtiriladi, - deydi Ahmedov.

Yaqinda Anji o'z safiga Zenit yarim himoyachisi Denisovni qo'shib oldi. Ayni paytda bu o'rin uchun Anjidagi o'yinchilar soni ancha ko'p. Raqobat haqida futbolchimiz shunday deydi:
- Bitta jamoada to'rtta tayanch yarim himoyachisi to'p tepmaydi. Barii-bir kimdir ketadi. Lekin buni vaqt ko'rsatadi. Bevosita o'zimga keladigan bo'lsak, so'nggi kunlarda transferim haqida turli xabarlar chiqayapti. Haqiqatdan ham qiziqayotganlar ko'p. Ammo Anjini meni qo'yib yuborgisi yo'q. SHuning uchun bo'lsa kerak, bazi klublardan tushayotgan takliflarni jamoani o'zi rad etayapti.

Anji safida Odil Ahmedovdan boshqa bironta o'yinchining vatandoshlari Turkiyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida ishtirok etmayotgan ekan.
- Bu men uchun aloxida faxr tuyg'usini uyg'otdi. Yoshlarimizning muvaffaqiyatidan hammadan ham ko'ra men ko'p xursand bo'lyapman. Bu erdagi yulduzlarimizga kerak bo'lsa maqtanyapman. Bevosita musobaqa haqida to'xtalsam, hozircha hammasi joyida. Eng muximi musobaqadan keyingi hayot. Huddi shunday maromni ushlab qolish uchun olqishlarga uchmaslik va ko'chaga chiqib ketmaslik kerak. Hamma yulduzlarning tagida katta mehnat yotadi. Agar ular ham muvaffaqiyatga erishishni istasalar, tinmay mehnat qilsinlar.


Saytimiz tomonidan uyushtiriladigan tadbirlarda doimiy tarzda ishtirok etib keladigan Odilning yangi CHempionat haqidagi fikrlari bilan qiziqdik:
– Sayt menga juda maqul keldi. Ayniqsa xabarlar bir tekisda tushib kelishi. Biz legionerlar uchun o'zbek futbolini yaqindan bilib borish uchun saytlarning ahamiyati katta. Kelgusi ishlaringizga omad tilayman.



Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика