"Nyukasl" bosh murabbiyi Gimaraynsning "Real"ga o'tishini imkonsiz deb hisoblaydi
19 avg 2022 18:47
Yangiliklar
"Nyukasl" bosh murabbiyi Gimaraynsning "Real"ga o'tishini imkonsiz deb hisoblaydi
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau yarim himoyachi Bruno Gimaraynsning sotuvi ko'rib chiqilmasligini bildirdi va o'yinchi haqida gapirdi.
"Gimaraynsning o'tishi umuman imkonsiz. "Real" tomonidan qiziqish — Brunoga maqtovdir. U ajoyib va yana ham yaxshi bo'ladi deb o'ylayman. U jamoamiz uchun juda muhim o'yinchi", — deydi Xau.
24 yoshli braziliyalik klubga qishki transfer oynasida "Lion"dan o'tdi. Yarim himoyachining Angliya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Gimarayns joriy mavsum APL doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar