So’nggi yangiliklar

17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  3 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  2 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  4 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Манба: Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  11 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4

Nurali Sultonov: “Iqtidorli, yosh futbolchilarimiz bilan faxrlanamiz” Yangiliklar

Nurali Sultonov: “Iqtidorli, yosh futbolchilarimiz bilan faxrlanamiz”

Bugungi “Nasaf” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvi nihoyasiga etgach, yosh futbolchilarimiz murabbiyi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi - Nurali Sultonovni suhbatga tortdik.

- Avvalom bor bugungi yosh futbolchilarimizning yutug'i bilan klubimiz rahbariyatini, murabbiylarimizni va klubimizning barcha ishqibozlarini samimiy tabriklayman. Birinchilikning final bosqichidagi raqiblarimiz biz bilan jiddiy kurash olib borishdi. Biz final bosqichiga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik va yosh futbolchilarimiz bergan ko'rsatmalarimizni ko'ngildagidek ado etishdi. Natijasiga esa o'zlaringiz guvoh bo'lib turibsiz. Har bir uchrashuv biz uchun qiyin kechdi, chunki finalga munosib jamoalar yo'l olishgandi.

“Nasaf” futbol maktabining va bu erda mehnat qilayotgan murabbiylarning asosiy vazifasi – klubimizga munosib professional futbolchilarni tarbiyalab etkazib berish hisoblanadi. Bu maqsad uchun barcha murabbiylar bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishmoqda. Bizda barcha murabbiylar o'zaro yaqin aloqada faoliyat yuritishadi. Masalan, klubimiz bosh murabbiyi – O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi, Ro'ziqul Sadullaevich uchun tarbiyalanuvchilarimiz ishtirokida har qanday uchrashuv nazaridan chetda qolmaydi. SHuningdek mashg'ulotlar jarayoni, uslubi, futboldagi yangiliklar murabbiylar o'rtasida o'zaro tahlil qilinadi. Bundan kerakli xulosalar chiqariladi.

Bizda har bir tarbiyalanuvchiga – yosh futbolchiga etibor juda katta. Murabbiylarimizning mana shunday ahilligi, asosiy yutuqlarimizga omil bo'lmoqda. Futbol maktabimizdan etishib chiqayotgan iqtidorli futbolchilarimiz bilan doimo faxrlanamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика