So’nggi yangiliklar

14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  1 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  51 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  4 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9

"Nurafshon"dan oltita gol, Abduxoliqovdan xet-trik va "Lokomotiv" libosidagi "Yozyovon" darvozaboni FOTO (to'liq sharh+statistika) Yangiliklar

"Nurafshon"dan oltita gol, Abduxoliqovdan xet-trik va "Lokomotiv" libosidagi "Yozyovon" darvozaboni FOTO (to'liq sharh+statistika)

Teglar :  YozyovonNurafshon
Bugun O'zbekiston Pro-ligasining 24-turi doirasida "B" guruhining markaziy uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda "Nurafshon" o'z maydonida "Yozyovon" jamoasini qabul qildi.

Keskin va murosasiz ruhda o'tishi kerak bo'lgan bahsning borishi biroz boshqacharoq o'tdi. Ilk daqiqalardanoq turnir jadvali peshqadamlari oldinga o'tishdi va penalti ishlab olishdi. Ushbu imkoniyatdan "Nurafshon" to'purari Oripxo'ja Abduxoliqov unumli foydalana olmadi. SHunday bo'lsa-da, "yo'lbarslar" hujumkorlikni susaytirishmadi.

Oradan 2 daqiqa vaqt o'tib, Farruh SHotursunov hisobni ochdi. U "Lokomotiv"ning sobiq darvozaboni Abror Karimov (u "Lokomotiv" libosida uchrashuvda harakat qildi. Aftidan "Yozyovon" rahbariyati posbonga libos qilib bermagan) qaytara olmadi. 30-daqiqada "Nurafshon"ning yangi futbolchisi Azamat Roziqov o'zining chiroyli va anchagina kuchli zarbasi bilan yana bir marta raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Taym yakunlangunicha Oripxo'ja Abduxoliqov bir marta darvozaning to'qqizligi va darvozabonning oyoqlari orasidan to'pni yo'llab, hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.

Ikkinchi bo'lim esa anchagina sokin o'tdi. "Nurafshon" ham, "Yozyovon" ham kamroq hujum qilib, xatolarga yo'l qo'ymaslikka intilishdi. Ammo mablag' borasida oqsayotgan "Nurafshon" futbolchilarida ishtiyoq kuchlilik qildi. 68-daqiqada Oripxo'ja Abduxoliqovning jarima maydonchasi ichidan bergan kuchli zarbasini Abror Karimov qaytarishda ojizlik qildi. 86-daqiqada esa Ruslan Veklich yana bir bor darvozabonning oyoqlari orasidan gol urib, yakuniy hisobni o'rnatdi, 6:0.

Ushbu g'alabadan keyin "Nurafshon" turnir jadvalidagi holatini biroz bo'lsa-da yaxshilab oldi.

Statistika:
Burchak to'plari: 5 - 5
Penalti: 1 - 0
Sariq kartochkalar: 2 - 2
Hujumlar: 103 - 100
Xavfli hujumlar: 81 - 58
To'pni ushlab turish: 49 - 51
Aniq zarbalar: 10 - 3
Noaniq zarbalar: 11 - 3

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика