So’nggi yangiliklar

15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  58 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8

Nozim Mullaoxunov: “Mahoratli futbolchilar yordamida yoshlarni ham kashf etib borishni rejalashtirganmiz” Yangiliklar

Nozim Mullaoxunov: “Mahoratli futbolchilar yordamida yoshlarni ham kashf etib borishni rejalashtirganmiz”

Birinchi liganing ikkinchi bosqich, 1-turidan o'rin olgan “UzDongJu” – “Orol” (1:0) uchrashuvini kecha bevosita stadionda kuzatib bordik.

Uchrashuvdan so'ng odatdagidek, har ikki jamoa ustozlarining fikrlari bilan qiziqdik. Bu borada dastlab mezbonlar bosh murabbiyi bilan suhbatlashdik.

- Bu ikkinchi bosqichdagi birinchi o'yinimiz edi. Etiborgan bergan bo'lsangiz, tarkibda ayrim o'zgarishlarga qo'l urdik. “Orol”ni yaxshi bilamiz. O'tgan yili ham bu jamoa yaxshi taassurot qoldirgandi. Bugungi uchrashuvda asosiy maqsadimiz mazmunli o'yin ko'rsatish bilan birga g'alabani qo'lga kiritib, stadionga kelgan muxlislarni va rahbariyatni xursand qilish edi. Xudoga shukur, niyatimizga etdik. 

- Davralar oralig'ida jamoangiz safiga yangi taklif etilgan futbolchilar bugun “UzDongJu” safida ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazdi. Ularning o'yiniga qanday baho berasiz?
- Avvalo shuni aytib o'tishni istardimki, davralar oralig'ida, umuman chempionat o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishimiz uchun qulay sharoitlarni yaratib berayotgan klubimiz prezidenti Zulunov Zafar Ahmedovichga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa ijrochi rahbariyat ham tashkiliy tomondan katta ko'mak bermoqda. Har bir murabbiyning o'z falsafasi va futbolga bo'lgan qarashi bo'ladi. Men ham transfer oynasida mahalliy ammo bugungi kunda boshqa klublarda o'ynab kelayotgan, o'yinimizga to'la mos tushadiganlarni jamoaga taklif etishga qaror qildim. Isroil Tursunov, Akbar Xodjaev, Nodir Teshaboev singari futbolchilar birinchi liga miqyosida mahoratli sanaladi. Ularni yana oliy ligada o'ynashi uchun ishlaymiz. Bu ko'proq o'zlariga bog'liq. Agarda astoydil ishlab, chindan ham yana elita qaytishni istasa faqat ular emas, tarkibimizdagi boshqa mahoratli o'yinchilar ham ishlaymiz. Meni quvontirayotgani bizda hech qanday bosim yo'q. Aslida ham bu juda muhimdir. “Bunyodkor-2”dan yana bir andijonlik futbolchini taklif etganmiz. Muhammadyusuf Abdumajidov juda yosh va iqtidorli futbolchi. Maqsadimiz ushbu mahoratli o'yinchilar yordamida yoshlarni tarbiyalab borishdir. Bilasiz bizning ikkinchi ligada ham klublarimiz bor. Ulardagi yoshlarimizni ham asta-sekin bosh jamoaga jalb etib, katta futbol havosidan bahramand etib boramiz.

- Ikkinchi bosqich o'yinlari ham start oldi. Endi 16 jamoa ishtirokida kurash yanada jiddiylashsa ajab emas. Elita yo'llanmasi uchun kurash qaysi klublar o'rtasida kechadi deb o'ylaysiz?
- Albatta endi ham oson o'yinlarning o'zi bo'lmaydi. Menimcha oliy ligaga chiqish uchun asosiy nomzodlar, “Oq-tepa” bilan “Obod” bo'lsa kerak. “UzDongJu”, “Xorazm”, “Zomin” jamoalari ularga qarshilik tug'dirishga urinadi deb o'ylayman. Yana kim biladi deysiz, qolgan klublar ham favoritlarga bosh og'riq bo'la olar. Buni mavsum davomida bilib boramiz.  – deydi Nozim Mullaoxunov.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика