So’nggi yangiliklar

00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  1 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  7 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  1 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  18 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  462 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  5 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  8

NOTING emas, NOTHING! Yangiliklar

NOTING emas, NOTHING!

Yosh hamkasbimiz Og'abek Samisov yangi tamirdan chiqarilayotgan Toshkent shahar futbol akademiyasidan reportaj tayyorlabdi.

Fotosuratlarni ko'zdan kechirar ekanman, tamirlash ishlari tugagach, akademiya zamonaviy va chiroyli ko'rinish olishi ko'z oldimdan o'tdi. Lekin shu o'rinda bir surat etiborimni tortdi. Aniqrog'i, suratdagi yozuv. Dahlizdagi devorda shunday yozuv bor: WITHOUT FOOTBALL MY LIFE IS WORTH NOTING. 

Bu yozuv "Futbolsiz mening hayotim hech narsaga loyiq emas" degan manoni bildirishi kerak, aslida. Lekin bu erda bir xatolik ketgan. Yani, ingliz tilida "Hech narsa" NOTING emas, balki NOTHING deb yoziladi. Yani bu erda H harfi tushib qolgan va gapda umuman boshqa mano kelib chiqqan.

 

Agar NOTING deydigan bo'lsak, unda NOTE - qayd qilmoq, NOTING esa Qayd qilish manosini  beradi. SHunda gap mazmuni o'zgarib ketyapti: "Futbolsiz mening hayotim qayd qilishga loyiq", yani futbolsiz hayotim zo'r, bemalol yozib borsanglar bo'ladi degan mano kelib chiqadi. Ko'ryapsizmi, bitta harf tushib qolsa, gap umuman boshqa manoni beryapti.

Bu gapni aslida WITHOUT FOOTBALL MY LIFE IS NOTHING deb bersa ham bo'lardi. Yani, bu o'rinda albatta WORTH so'zini qo'shish shart emas. Mayli, endi kim yozgan bo'lsa ham WORTH ni qo'shibdi va bu borada katta etiroz yo'q. Faqat NOTING degan joyini to'g'rilab qo'yish kerak bo'ladi. Yo'qsa, erta-indin akademiya ochilganidan so'ng ingliz tilini biladigan birorta chet ellikni taklif etsak, yozuvni o'qib ichida kulmasin deyman. 

X.Xoliqov.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика