Nosir Abdusalomov: "Qarshiga quruq qo'l bilan qaytib ketish uchun bormagan edik"
11 may 14:41
Yangiliklar
Nosir Abdusalomov: "Qarshiga quruq qo'l bilan qaytib ketish uchun bormagan edik"
Murosasiz va qiziqarli o'tgan o'yinda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi. Mazkur uchrashuvda "Bunyodkor" safida yana bir "qaldirg'och" Nosir Abdusalomov debyut qildi. Jamoa raqibiga engilayotgan vaqtda Ilyos Zeytullaev 21 yoshli futbolchini maydonga tashladi va u hisobni tenglashtirgan golga mualliflik qildi. O'yindan so'ng u debyuti borasidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Nasaf" bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Qarshiga shunchaki quruq qo'l bilan qaytib ketish uchun kelmagan edik. Xudoga shukur, buni amalda isbotladik. Debyut o'yinda bosim bo'ladi albatta. Hayajonni engib o'tishga harakat qildim, murabbiylar ishonchi yordam berdi. Bu hayotimdagi unutilmas kunlardan biri bo'ldi.
Murabbiyimiz ko'proq hujumga o'tishni, mening vaqtim kelganini aytdi. Bu so'z menga yanada kuch berdi. Shu o'rinda menga ishonib qo'llab-quvvatlaganlari uchun Ilyos Bekirovichga minnatdorchilik bildiraman",- deydi Nosir Abdusalomov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar