Norxonov "qotil" yoxud "Navbahor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan faktlar
26 apr 2022 20:49
Yangiliklar
Norxonov "qotil" yoxud "Navbahor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan faktlar
Murosasiz va kurashlarga boy kechgan uchrashuvda Ulug'bek Baqoev shogirdlari 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Doniyor Abdumannopovning goliga esa tasanno. Biz esa mazkur uchrashuvga oid bir qator qiziqarli faktlarni etiboringizga havola qilamiz.
|
Navbahor Zoran Marushich - 32' |
Superliga. 5-tur 26/04/2022, 18:15 2
:
1
Tugadi
|
So'g'diyona Shohruz Norxonov - 12', Doniyor Abdumannopov - 90' |
1. O'yinda jizzaxliklar hujumchisi SHohruz Norxonov hisobni ochdi. Ushbu futbolchi ketma-ket to'rtinchi o'yinda, Namanganda esa ketma-ket ikkinchi yil "lochinlar" darvozasiga yo'l topyapti. Avvalgi uchta o'yinda uning gollari jamoasiga 1:0 hisobidagi g'alabalarni keltirgan. Bugun ham u uch ochkoga hissasini qo'shdi.
2022. "Navbahor" - "So'g'diyona" 1:2. Gol: SHohruz Norxonov, Doniyor Abdumannopov
2021. "So'g'diyona" - "Navbahor" 1:0. Gol: SHohruz Norxonov
2021. "Navbahor" - "So'g'diyona" 0:1. Gol: SHohruz Norxonov
2020. "So'g'diyona" - "Navbahor" 1:0. Gol: SHohruz Norxonov

2. "Navbahor" to'rtinchi o'yindirki, "So'g'diyona"ga mag'lubiyatga uchramoqda. Jamoa so'nggi bor 2020 yilning 7 iyul kuni Superliganing 7-turida jizzaxliklardan uch ochko olgan edi.
"Navbahor" - "So'g'diyona" 2:0
Gollar: Ruslan Bolov, Ivan Solovyov
|
Navbahor Ruslan Bolov - 72', Ivan Solovyov - 86' |
Superliga. 7-tur 02/07/2020, 20:00 0
:
2
Tugadi
|
So'g'diyona |
3. Zoran Marushich "Navbahor" libosidagi umumiy 4 golini urdi. Superligada esa 3 golga mualliflik qildi.

4. "So'g'diyona"ning Superligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi. 3ta g'alaba, 2ta durang. "Navbahor" esa 2 mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
5. Doniyor Abdumannopov "So'g'diyona" libosidagi debyut golini urdi. Futbolchi joriy yil qishki transferlar oynasida jamoaga kelib qo'shilgandi.

6. "So'g'diyona" "Navbahor" bilan o'zaro o'yinlardagi g'alabalar sonini 21taga etkazdi. Bu boradagi ustunlik hamon "lochinlar" tomonida, 25ta g'alaba. 7ta o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.
SHu va boshqa qiziqarli faktlar, malumotlarni quyidagi havolada ham o'qishingiz mumkin. FAKTLAR
Superliga. "So'g'diyona" Namanganda so'nggi daqiqalarda gol urib g'alaba qozondi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar