So’nggi yangiliklar

11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  4 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  8 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  1 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  1 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0

No'mon Hasanov uzr so'radi Yangiliklar

No'mon Hasanov uzr so'radi

Superliga 19-tur o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “So'g'diyona uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi No'mon Hasanov va Quvondiq Ro'ziev qatnashishdi.

No'mon Hasanov: Bugun o'yin kurashlarga boy tarzda bo'ldi. Ancha asabiy o'yin bo'ldi. Agar biroz ehtiroslarga berilgan bo'lsak uzr so'rayman. Futbolchilarimizga katta rahmat, ular maydonda borlarini berib o'ynashdi. Uchta hujumchi bilan o'yinni boshladik. Birinchi bo'limda omadimiz kelmadi. To'p bir necha marta ustunga tegdi. Keyin jarimadan to'p o'tkazib yubordik. Lekin baribir o'z maqsadimizga erishdik. G'alabada muxlislarning hissasi ham katta bo'ldi. Ularga chuqur minnatdorligimni bildiraman.

Javohir Sidiqovda kichik jarohat bor edi. SHuning uchun uni asrash maqsadida zaxirada qoldirgandim. Ammo uni maydonga tushirishga majbur bo'ldik.

Tartib-intizom bo'yicha jiddiy ish olib boramiz. Biz bejizga o'tgan yili feyr-pley sovrinini olmagandik. Bu mavsum chempionat Superligaga aylangach o'yinlar shiddati oshdi hamda ko'p o'yinlar asabiy tarzda o'tmoqda.

Quvondiq Ro'ziev: - Uchrashuv qiyin kechdi. Har bir ochko uchun kurash kechmoqda. Bugungi g'alabadan keyin oltilikka kirish imkoniyatimiz oshdi. “Nasaf”dagi omadsiz o'yindan keyin bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi. Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Raqib darvozasiga urgan golimni onamga bag'ishlayman. Bugun onamni tug'ilgan kunlari. Onajon – men sizni yaxshi ko'raman!


Reyting: -50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика