So’nggi yangiliklar

19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  0 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  0 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1

No'mon Hasanov qo'qonlik muxlislarni bir xil rangda kiyintirmoqchi Yangiliklar

No'mon Hasanov qo'qonlik muxlislarni bir xil rangda kiyintirmoqchi

"Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi No'mon Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.

- Uchrashuv avvalida futbolchilardan hujumkor o'yinni talab qilgandim. SHogirdlarim o'yin boshida hujumkor o'ynashdi va imkoniyatlarga ega bo'ldi. Ammo vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ikkinchi bo'limda esa "Paxtakor" kuchli o'ynadi va haqli g'alabaga erishdi. Bu g'alaba bilan ularni tabriklayman.

Futbolchilarimizda biroz hayajon ham bor edi. Javohir Siddiqov bugun jarohatidan keyin o'ynadi, bu ham o'z tasirini ko'rsatdi. Akmal Xolmurodovni yo'qligi ham sezildi. Dastalbki 30 daqiqada jamoamiz yaxshi o'ynadi. Ammo keyinchalik mezbonlar tashabbusni o'z qo'llariga olishdi. Bunda jamoadagi mahoratli futbolchilarni xizmati katta bo'ldi.

Jamoamiz birinchi davrani yaxshi o'tkazgandi. Ammo tanaffusdan keyin jamoamiz charchab qoldi. Bitta tarkibni butun mavsumda o'ynatish juda qiyin. "Qo'qon-1912"da zaxira tor, bu esa o'z tasirini ko'rsatmoqda.

Jamoaga kelganimdan keyin ko'p narsani o'zgartirdim. Kelajakda qo'qonlik muxlislarni ham bir xil rangli liboslarda o'tirishlarini istayman va buni amalga oshirmoqchiman. CHunki Koreyaga borganimda u erdagi muhit va ularni bir xil bo'lib o'tirishlarini ko'rib buni dilimga tugib qo'ygandim. Kelajakda jamoani yanada yaxshi taraflama o'zgartirmoqchiman.

Pul bor, ammo hozir mavsum oxiriga qadar etadigan mablag' mavjud. Keyingi mavsumda ham homiylar qo'llab-quvvatlashsa yanada kuchayib, yaxshi natijalarga erishamiz.

Davralar oralig'ida tarkibni keskin kuchaytirish imkoni bo'lmadi. Faqatgina ikki futbolchini o'z safimizga qo'shib oldik. Kelasi mavsumda jamoani zaxira o'rindig'ini ham yanada kengaytirib, tarkibni kuchaytirmoqchiman. Jamoani qiyin ahvolda qabul qilib olgandim.

SHartnomam yil yakuniga qadar mo'ljallangan. SHartnomam ko'p yillik bo'lganda ham murabbiy yaxshi natija qayd etmasa, unga chiqish eshiklarini ko'rsatishadi.

Niyatim va maqsadim Qo'qonni futbolini ko'tarish. CHunki o'zim shu shahar farzandiman.


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика