So’nggi yangiliklar

21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  0 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  0 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  1 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   2 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1 18:30Тома Табатадзе "Нефтчи"ни тарк этди  7 18:15Лука Модрич: "Милан" – болалигимдаги севимли жамоам, Бобан эса кумирим эди"  11 17:52Диас "Ливерпуль"дан кетишга тайёр. "Барселона" ва "Бавария" янги таклифлар тайёрламоқда  1 17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  13 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   2 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  29 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  5

No'mon Hasanov nimadan qo'rqib ketdi? Yangiliklar

No'mon Hasanov nimadan qo'rqib ketdi?

"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi No'mon Hasanov "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- CHiroyli futbol bo'ldi, deb o'ylayman. Har ikkala jamoa ochiq o'yin ko'rsatishdi. "Loko" jamoasi yulduz futbolchilardan tashkil topgan. "Qo'qon-1912"ga esa tajriba kamligi pand bermoqda. "Lokomotiv" jamoasi futbolchilari yong'in va suvni ko'rgan o'yinchilar hisoblanishadi. "Loko"ning bugungi zaxira o'rindig'idagi futbolchilarini ko'rib ham qo'rqib ketdim ochig'i.

Yaxshi jamoani bir yilda tuzib bo'lmaydi. Albatta vaqt kerak.

Hakamlar? Ularga etiroz yo'q. O'yinni yaxshi boshqarishdi.

Birinchi davrani zo'r o'tkazgandik. Ikkinchi davrada esa pasayish bo'ldi. Bu bo'lishi kerak edi. CHunki o'zim ham futbol o'ynaganman. Bir tarkib bilan butun mavsumni bir tekisda o'tkazish imkonsiz. Zaxiramiz torligi sababli ikkinchi davrada muvozanatni saqlab qola olmadik. Kelasi mavsumda tarkibni kuchaytiramiz.

"Lokomotiv"ga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatishning foydasi yo'q. CHunki ushbu mavsumda bir qator jamoalar bu erga kelib himoyaga yotib olishganini ham ko'rdim, ammo yakunda baribir yutqazishdi. SHu boisdan bugun boshqacha taktika tanlagandim. Balki adashgandirman, ammo himoyaviy o'yin ko'rsatishni istamadim. "Lokomotiv" bilan ham ochiq futbol o'ynasa bo'ladi.

Filipp Raevacning jarohati bor. U bugun ukol yordamida majburan o'ynadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика