So’nggi yangiliklar

23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  5 22:44ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  16 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  4 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  3

No'mon Hasanov: "Navbahor"da juda yaxshi futbolchilar jamlangan, faqat ularga to'g'ri pas bilan o'ynashni, ochilishlarni o'rgatish kerak" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Navbahor"da juda yaxshi futbolchilar jamlangan, faqat ularga to'g'ri pas bilan o'ynashni, ochilishlarni o'rgatish kerak"

Coca Cola Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar murabbiyi No'mon Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin boshida tashabbusni raqibga berib qo'ydik. Gol o'tkazganimizdan keyin, futbolchilar biroz o'zlariga kelib, tartibli himoyalanishdi. Tanaffus paytida "Paxtakor"ning o'yinidan kelib chiqib, yigitlarga ko'rsatmalar berdik. Ikkinchi bo'limga yaxshi kayfiyatda chiqdik, futbolchilar nisbatan faolroq to'p surishdi. To'g'ri, asosan himoyaviy uslubda o'ynadik. Pandemiya davrida, kasallanganlar uchrayotgan paytda futbol o'ynash og'ir, shuning uchun shogirdlarimga rahmat aytaman. Sezgan bo'lsangiz, aksariyat shogirdlarimiz jismoniy tomondan bahsga tayyor emas. Qolaversa, jamoamizga o'zaro paslar uzatgan holda o'ynash etishmayapti. Bu borada yana ishlaymiz, oldinda 15 kun vaqtimiz bor. Maqsadimiz - futbolchilar kombinacion, chiroyli o'yin ko'rsatishsa va shu tariqa muxlislarni xursand qilsak.

"Paxtakor" kabi raqiblarga qarshi sekin o'ynab bo'lmaydi. Biroz to'xtab qo'ysangiz, to'pni oldirishingiz muqarrar. Ko'ryapsizlar, "Navbahor" asosan muayyan futbolchilar, deylik, Aziz Turg'unboev kabilarning harakatlari hisobiga vaziyatdan chiqib ketmoqda. Paslarga asoslangan o'yinni ko'rmayapman. Men kombinacion o'yin tarafdoriman, futbolchilar maydonda to'p surishdan rohatlansin deyman. "Paxtakor" futbolchilarining uchrashuv boshidagi harakatlarini ko'ringlar, o'yinchilar xuddi shunday, bo'sh hududlarga ochilib, to'pni bir-birlariga aniq uzatgan holda o'ynashlari kerak. Bizda esa to'pni egallagan futbolchi uni kimga uzatishni bilmay qolyapti, qolganlarni raqib qo'ymoqda. To'pni olgan futbolchida 3-4ta variant bo'lishi kerak, bizda esa bitta ham variant yo'q. Vaqt etakchi futbolchini axtarish bilan o'tib ketyapti. SHuni to'g'ri anglagan holda, himoyaviy uslub tanlashni maqul ko'rdik.

"Navbahor"da juda yaxshi futbolchilar jamlangan, faqat ularga to'g'ri pas bilan o'ynashni, qo'rqmay to'p surishni, ochilishlarni o'rgatish kerak. Axir bu futbol-ku. Safimizda turli yoshdagi termalarimiz azolari bor. Yigitlar mashg'ulotlarda aytganlarimizni to'g'ri bajarishmoqda, endi shuni maydonda ham ko'rsata bilishlari lozim", - deydi No'mon Hasanov.

O'tkir UMAROV yozib oldi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика