So’nggi yangiliklar

22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  2 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  3 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  23 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  78 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  48 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   10 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  97 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  3 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11

No'mon Hasanov: "Igor Golbanga vada bergan edim. CHunki..." Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Igor Golbanga vada bergan edim. CHunki..."

Coca Cola Superliga 22-turdan o'rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor"(0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi No'mon Hasanov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin yaxshi maydonda chiroyli tarzda o'tdi deb o'ylayman. Bugun besh nafar futbolchimiz biz bilan birga emas edi. SHunga qaramay yigitlar ko'rsatmalarni to'g'ri bajarib chiroyli o'yin namoyish qilishdi. Ko'rgan bo'lsangiz birinchi bo'limda bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi. Negadir gol urolmadik, to'p darvozaga kirmadi. Lekin, xudoga shukur yakunda g'alaba qozondik. Ushbu g'alaba muxlislarimiz, ishqibozlarimiz uchun. Viloyat hokimimiz SHavkat SHakirjonovich Abdurrazoqovga qo'llab-quvvatlaganlari uchun rahmat aytib qolaman",- deydi No'mon Hasanov. 

- Jamoa futbolchisi Igor Golbanni Rossiyaga jo'nab ketgani haqida eshitdik. U terma jamoaning yig'iniga qadar etib keladimi?

- Igor Golbanga  "Bunyodkor" bilan o'yinda g'alaba qozonsak uyiga ruhsat berishimni vada qilgandim. CHunki, 8 oydan beri uyiga borgani yo'q. SHu bois vadamni ustidan chiqdim. Milliy terma jamoa yig'iniga etib keladi. 

- Aziz Turg'unboevning o'yini haqida fikrlaringiz...

- U individual jihatdan kuchli futbolchi. Uning ko'rsatgan o'yini sizlarga ham manzur kelgan bo'lsa kerak. Bejiz Aziz Turg'unboevni bu safar ham milliy terma jamoaga chaqirishmadi. Unda ko'p narsa bor. Bundan ham yaxshi o'ynash uchun ko'proq ishlashi kerak. 

- Bugun jamoa mehmonda o'ynaganiga qaramasdan ikkita hujumchi bilan harakat qildi...

- Futbolchilarni ruhiyatini ko'targan holda qo'rqmasdan ikki hujumchini maydonga tushirdik. Qaysidir manoda bu ularga dadillik berdi. Bilasizlar Qo'qonda faoliyat olib borganimda ham ikkita hujumchi uslubidan foydalanganman.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика