So’nggi yangiliklar

10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  3 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  11 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  10 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  14 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  19 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  6 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  5 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  5 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  3 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0

No'mon Hasanov: "Bugun faqat serbiyalik futbolchilar emas ko'pchilik xato qildi" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Bugun faqat serbiyalik futbolchilar emas ko'pchilik xato qildi"

"Navbahor" - "So'g'diyona" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi No'mon Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.



- O'yin boshida nazoratni qo'lga olgandek bo'ldik. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin yigitlar tushkunlikka tushib qolishdi, shoshilishni boshlashdi. Tanaffusda tushuntirdik, qo'rqmasdan o'ynashlari kerakligin aytdik. Bayramlardan keyin muxlislarni xafa qilganimiz uchun jamoa nomidan uzr so'raymiz. Bugun bizning kunimiz emas ekan.

- O'rinboev qaydnomada ham ko'rinmadi...

- Zabihillo O'rinboev mashg'ulotda jarohat olgandi, shunga maydonga tushmadi.

- Bugungi o'yinda umuman kutilmagan natija bo'ldi. "So'g'diyona"ga hech qachon Namanganda yutqazmagandik. O'z-o'zidan savol kelib chiqadi Azim Ahmedov jamoaning o'yinini jilovlab turadi, lekin uni himoyada o'ynatdingiz. O'zi ham doim yarim himoyada o'ynash ko'proq yoqadi deb aytib keladi.

- O'rtada Tasich, Golban va Azim Ahmedov bor. Ahmedovning himoyadagi o'yinlari kuchliroq ko'ringani uchun uni himoyaga qo'ymoqdaman.




- Quvondiq Ro'zievni almashtirganingizda noroziligini ko'rsatib chiqib ketdi. Uni nimaga asoslanib almashtirdingiz?

- Quvondiq ochiq turgan o'yinchiga to'pni oshirmay, to'pni o'zida uzoq saqlab qolgani uchun uni almashtirishga majbur bo'ldim. Agar to'pni tezroq oshirganida boshqacha bo'larmidi.

- Legionerlar borasida ko'plab bahs-munozaralar bo'ldi. Qanday tamoyillarga asoslanib jamoaga taklif etilgan?

- Bugun o'yini chiqmagandir. Lekin serbiyalik legionerlarimiz hali o'z o'yinini ko'rsatadi. Bugun ko'pchilik qatori ularning ham o'yini qovushmadi. Hoshimov va Golban ham ko'p xatoga yo'l qo'yishdi. Yo'q joyda ko'p to'p yo'qotdik. Xavfli vaziyatlar yaratdik, ularni golga aylantirolmaganimizdan keyin gol o'tkazib yubordik. SHundan keyin yigitlar shoshilishdi.

- Bugun g'alabaga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Avvalambor, vaziyatlardan unumli foydalanmadik. Birinchi golni biz urganimizda o'yin boshqacha kechardi. O'yinning dastlabki qismida bir nechta vaziyatlar yaratgandik. Ulardan foydalana olmaganimiz pand berdi. Gol o'tkazishimizdan oldin Mirzohid G'ofurovdan ajoyib imkoniyat bo'lgandi. SHu narsalar "Navbahor" o'yini qovushmaganiga sabab bo'ldi.




- Jamoada plan B yoki taktik egiluvchanlik qay darajada?

- Bizda doim uch nafar hujumchi o'ynaydi, SHohruh tushdi, Islom tushdi. Lekin urinishlarimiz foyda bermadi. Ikkinchi golni o'tkazganimizda bundan ham yomon bo'lishi mumkin edi. Tavakkal qilolmasdik. Ko'rdingiz, Golban ham o'yin oxirida oldinga o'tdi.

- Ehsoni Panshanbe qay darajada legioner darajasiga javob beradi? Menimcha Quvondiqdan ko'ra Ehsoni ko'proq to'pni o'zida ushlab turdi.

- Panshanbening o'yini menga yoqadi. Maydonni yaxshi ko'radi, yomon o'ynamadi, shuning uchun uni yaxshi legioner deb hisoblayman. U jamoa o'yinini buzmaydigan futbolchi.

Reyting: -50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика