So’nggi yangiliklar

18:36Адебайор Роналду ва Месси ҳақида: "Лео – энг буюклардан бири, лекин ҳатто гўримда ҳам Криштиануни танлайман"  8 18:13ОЧЛ-2. "Андижон" - "Ал Аҳли" (матнли трансляция)  30 17:44"Футбол олами". Пешқадамларга аталган 23-тур ҳақида   0 17:17Ўзбекистон терма жамоасининг октябрдаги иккинчи рақиби номи маълум бўлди  11 16:57"Қайрат" - "Реал" учрашуви сайтимиз фотографи нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ)  1 14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  6 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  1 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  3 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  12 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  8 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  15 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  9

No'mon Hasanov: "Al Hilol"ni mag'lub etsak barchasi esdan chiqadi" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Al Hilol"ni mag'lub etsak barchasi esdan chiqadi"

OCHL 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" o'rtasidagi o'yindan oldin ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Paxtakor" bosh murabbiyi No'mon Hasanov va Davron Hoshimov qatnashdi.

“Al Hilol” ancha kuchli va shakllangan jamoa. Raqib OCHLda ancha tajribali futbolchilar bor. Bir qator legionerlar bor. Ammo maqsadimiz ertaga o'z muxlislarimiz qarshisida g'alabaga erishish”, - deydi Hasanov.

“Raqib juda kuchli, uning o'yinlarini ko'rib o'rganib chiqdik. Ertaga o'z maydonimizda 3 ochko uchun maydonga tushamiz”, - deydi Hoshimov.

- Ertaga OCHLda murabbiy sifatida debyut o'yinni o'tkazasiz. Bu sizga bosim yuklamayaptimi?
- Jamoa ertaga o'z o'yinini ko'rsatsa g'alabaga erishishimiz mumkin. Yigitlar bahsga tayyor.

- Jamoa qiyin davrni boshidan o'tkazmoqda. Futbolchilarni ruhiyatini qanday ko'tarayapsiz?
- To'g'ri ruhiyat ancha katta rol o'ynaydi. Hozir qiyin davr bo'layotgani rost, yigitlar bilan bu borada suhbatlar o'tkazdik. Barchamizning maqsadimiz g'alaba qozonish.

-  Azim Ahmedovni Superkubok bahsida himoyachi sifatida o'ynatdingiz. Bu yil uni himoyachi sifatida o'ynatasizmi?
- Ahmedovni “Navbahor”da ishlab yurganimdayoq taniganman. O'tgan yil 7ta o'yinda himoyachi bo'lib o'ynagandi. SHu bois unga ishonch bildirdim. Ammo ertaga Azim boshqa poziciyada o'ynaydi.

- Jamoa safini Lobanov, Maxaradze va boshqa futbolchilar tark etishdi. Tarkibga kelganlar esa asosan yoshlar. Uchta frontda kurash olib borish qiyin bo'lmaydimi?

- To'g'ri yo'qotishlar bo'ldi. Ammo yoshlarga ham qachondir imkoniyat berish kerak. Zaxirada o'tiraversa futbolchi o'smaydi ularga ham imkoniyat beramiz.

- Siz futbolchi sifatida ham etakchi bo'lib og'ir damlarda jamoani g'alaba sari etaklagansiz. Ertaga ham murabbiy sifatida bunga harakat qilsangiz kerak?
- Albatta ertaga "Al Hilol"ni mag'lub etishga harakat qilamiz. Agar yigitlar bor kuchi bilan o'ynab g'alabaga erishsak barchasi untiladi. O'sha jamoadan ketganlar ham, mag'lubiyatlar ham esdan chiqadi.

- Sergeev yanvar oyida Qatardagi Osiyo chempionatida qatnashdi. Uning klub bilan kam shug'ullangani va kam gol urayotgani sizni tashvishga solmayaptimi?
- To'g'ri u juda ham ko'p o'yin o'tkazdi. Unda biroz charchoq alomatlari bor. Ammo uning harakatchanligi va golga chanqoqligi hamon yo'qolmagan.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика