So’nggi yangiliklar

23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  0 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  7 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  1 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  43 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  55 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  3 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   7 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  3 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0

Nodirxo'ja Yuldashev: Ustozning tadbiridan fotomaqola... Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: Ustozning tadbiridan fotomaqola...

"Bunyodkor" - "Zobahan" uchrashuvida ustoz "bir gap bor, Toshkentda ko'rishaylik", - degan edilar.

Bundan bir necha kun avval O'FF binosida ustoz Axbor doda Imomxo'jaev bilan ko'rishdim. SHunda u kishi, farzandlaridek bo'lib qolgan jurnalist, ham shogirdlari Hamroxon Musurmonova tomonidan, “O'zimizning Axbor aka” nomli kitobini yozganligi va shuni taqdimoti ustida ish olib borayotganliklarini aytib o'tdilar. 


Ko'plab tadbirlarni o'tkazib yurganimiz uchun bo'lsa kerak, ustoz bu masalada aynan bizni hamkorlikka chaqirganliklari, o'zimizga bo'lgan ishonchni yana bir bor oshirdi va tez kunda Diyor bilan hamkorlikda tadbir rejasini tuzdik. Huddi chet ellarda bo'lgani kabi, avval kitob taqdimoti bo'lishi, unda ishtirok etadigan mehmonlarga kitob, muallif va kitob qahramoni haqida axborotlar berilishi kerak edi. Tashqarida esa kitob savdosi avjida bo'lishi ham rejamizda bor edi. Kitob ham juda arzon, bor yo'g'i 12 000 so'm. 

Bu erdan biz o'z tanishlarimizni, u erda Diyor dodasining yaqinlarini yig'a boshladi. Qisqa muddat ichida amalga oshirilgan tadbirimizga Axbor dodaning yuzdan ortiq yaqinlari tashrif buyurdilar. Ularning quvonchlari, bizning quvonch emasmi? SHunday fayzli yoshda, fayzli tadbirning shohi bo'lib turgan Axbor Imomxo'jaevni ko'rar ekanman, bir zum ko'z oldimdan dodam o'tdilar. Agar mening dodam 1997 yil O'zbekiston - Qozog'iston uchrashuviga olib bormaganlarida, men futbolga bunday mukkasidan ketmagan bo'lar edim va men hozir Axbor doda bilan bir stolda o'tirmagan bo'lar edim...


Tadbir huddi biz kutganimizdek bo'ldi. Avvaliga faqat keksa yoshdagi tanishlar kela boshladilar. Biroz o'tib, ular qatorini yoshlar to'ldirdilar. Bugungi kunda qalam tebratayotgan, TV, radio, gazeta va saytlarda ishlayotgan hamkasblarimiz tadbirni to'ldira boshladilar. "Lokomotiv", "Paxtakor", "Andijon", "Olmaliq"dan vakillar qatnashib o'z arxivlari uchun kitoblarni xarid qildilar.

Murojaatimiz bekor ketmagani ko'rdik, saytimiz o'quvchilari ham tadbirda qatnashib bizni xursand qildilar. 

Tadbir chog'ida men ham ustozga atab yozilgan kitobga dastxat qo'ydirish uchun o'z navbatimni kutib turardim. Ustozning oldilarida, men uchun yana bir qadrdon ustozlardan biri bo'lgan Vladimir Safarov ham o'tirar edilar. Vladimir Ashotovich va Axbor Rustamovich o'rtalarida turar ekanman, Vladimir Ashotovichga, "men hozir o'zimni Pele va Maradonaning o'rtasida turgandek his etayapman", dedim. Bunga javoban, Vladimir Ashotovich, "qo'ysangchi", deya jilmayib qo'ydilar. Haqiqatdan ham bu ikki kishining o'zbek futboli jurnalistikasiga qo'shgan hissalari haddan tashqari ziyoda. Axbor doda faoliyatini TV va radioga bag'ishladilar, undan so'ng ko'plab kitoblarning muallif bo'ldilar. Vladimir Ashotovichning esa o'zbek futboliga oid 70 yillik (!!!) statistikasi mavjud.


SHuni aytishim mumkinki, tadbirda qatnashmagan OAV vakillari yoki kelishi mumkin bo'lib, kela olmagan muxlislar juda katta voqealikni kuzata olmadilar. 

Hali kitoblar etarlicha, yana bir ikki tadbir o'tkazish rejada yo'q emas. Bunisini o'tkazib yubormaysiz deb o'ylaymiz.

FOTOGALEREYAni tomosha qilish.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика