So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Nodir Mavlonov: "Andijonlik muxlislar meni Ronaldu deb chaqirishardi" Yangiliklar

Nodir Mavlonov: "Andijonlik muxlislar meni Ronaldu deb chaqirishardi"

O'tgan mavsum "Andijon" safidagi o'yinlari orqali muxlislar etiboriga tushgan Nodir Mavlonov haqida eshitgan bo'lsangiz kerak.

O'zbekiston kubogi doirasidagi "Andijon" - "Navbahor" bilan o'yinda chamasi 25 metrlardan ajoyib gol urishga muvaffaq bo'lgan Nodir Mavlonov bu yil Superligada, "Bunyodkor" tarkibida o'ynaydi. Andijonlik muxlislar tomonidan "o'zbek Ronaldusi" deb atalgan futbolchi bilan suhbatlashdik.


Futbolga kirib kelishi haqida
1996 yil Namangan viloyatida tug'ilganman. Yoshligimdan ko'pchilik bolalalar kabi ko'chada futbol o'ynab yurardim. Hech qaysi futbol maktabiga bormaganman. Mo'minjon Majidov qo'l ostida shug'ullanib turardim xolos. Hozirgi kunda Mo'minjon aka hakamlik qilayaptilar. 2008 yilda Sergey Lushan "Bunyodkor" akademiyasi uchun har bir viloyatdan iqtidorli bolalarni yiqqan edi. Namangandagi musobaqada mening harakatlarim Sergey Ivanovichga maqul kelgan va Toshkentga taklif qilganlar. Sergey Lushanga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman, yoshligimdan tarbiyalab mana shu darajaga olib chiqdilar.

SHu tariqa "Bunyodkor" akademiyasidagi faoliyatim boshlandi. 2015 yilga qadar shu erda o'ynadim. Akademiyada Doston Hamdamov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov kabi futbolchilar birga o'ynaganmiz va katta bo'lganmiz. "Bunyodkor" yoshlar jamoasida ketma-ket uch yil Yoshlar ligasi chempioni bo'ldim. 2016 yil "Navbahor"da ijara asosida to'p tepdim va yana "Bunyodkor"ga qaytdim. O'tgan mavsum PRO-ligada "Andijon" safida ijarada o'ynadim.



Jarima zarbalari haqida
Menimcha bu tug'ma bo'lsa kerak. CHunki yoshligimdan zarbam juda kuchli edi. Ko'pincha zarba berganimdan keyin murabbiylar mening yoshimga ishonishmas edi. Yosh bola bunchalik uzoqqa zarba bera olmaydi deyishardi. Ammo tug'ma ekan deb bemalol yurmayman, mashg'ulotlarda jarima zarbalari ustida alohida ishlayman. Mehnat qilmasangiz tug'ma qobiliyat ham yo'qolib boraveradi.

"Bunyodkor"ning bu yilgi maqsadi haqida
2019 yilgi mavsumni "Bunyodkor" safida boshlayman. Bu klubning maqsadi doim bitta bo'lgan - chempionlik! Xudo xohlasa bu yil "Bunyodkor" bilan birga chempion bo'lamiz deb umid qilaman. Vadim Abramov juda tajribali, professional va xotirjam murabbiy hisoblanadi. U pas o'ynashni yoqtiradigan murabbiy, shu bois "Bunyodkor"ga juda ham mos tushadi. Vadim Karlenovichdan ko'p narsalar o'rganayapman. Aslida universal o'yinchiman. Yarim himoyada ham, himoyada ham o'ynayveraman. Hozirda Abramov meni himoyada o'ynatmoqda, demak shu erda foydam ko'proq tegmoqda.



Orzusi va kumiri

Menimcha har bir yosh futbolchining orzusi bir kun kelib milliy terma jamoa safida o'ynash bo'lsa kerak. Menining eng katta orzum O'zbekiston terma jamoasi tarkibida o'ynash va jahonning kuchli klublarida to'p tepish.

Kichkinaligimdan Krishtianu Ronalduga o'xshashni istayman. O'tgan yil "Andijon"da o'ynaganimda meni ko'pchilik aynan Ronaldu dib chaqirishardi. Bundan albatta xursand bo'lardim. SHu o'rinda andijonlik muxlislar haqida aytib o'tishni istardim. Ularga ham katta rahmat, har bir o'yindan so'ng jamoani qo'llab turishdi. Ularni juda ham qattiq hurmat qilaman.


Narzulla Saydullaev yozib oldi


Quyida Nodir Mavlonovning ayrim gollarini tomosha qilishingiz mumkin. KO'CHIRIB OLISH


TAS-IX 

 


TAS-IX emas




Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика