Nodir Eliboev: "Barcha finalni intiqlik bilan kutmoqda"
28 may 12:42
Yangiliklar
Nodir Eliboev: "Barcha finalni intiqlik bilan kutmoqda"
Bosh sovrin uchun BMB hamda "Oil Star" jamoalari kurash olib boradi.
Mazkur bahs oldidan BMB jamoasi ustozi Nodir Eliboev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Tayyorgarlik jarayoni yaxshi ketmoqda. Hal qiluvchi bahsga astoydil tayyorlanyapmiz. Jarohatlanganlar bor, lekin boshqa o'yinchilarimiz ularning yo'qligini bildirmaslikka harakat qiladi. Barcha finalni intiqlik bilan kutmoqda. Jamoadagilarning kayfiyati alo, ajoyib ichki muhit hukmronlik qilmoqda. Nasib qilsa, g'alaba biz tomonda bo'ladi.
Final uchrashuvidan eng avvalo muxlislar anshlagini kutyapman. Ishqibozlar bilan to'la arenada o'ynash, sportchilarga o'zgacha ishtiyoq bag'ishlaydi. Raqibni hurmat qilamiz, "Oil Star" yurtimizning kuchli jamoalaridan biri. Biroq biz ulardan qo'rqmaymiz va faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", – dedi Eliboev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar