So’nggi yangiliklar

07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  20 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  172 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  12 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29

Nikolas Talyafiko: "Juda xafaman - "Barsa"ga o'tishni orzu qilgandim, "Ayaks" esa menga yordam bermadi" Yangiliklar

Nikolas Talyafiko: "Juda xafaman - "Barsa"ga o'tishni orzu qilgandim, "Ayaks" esa menga yordam bermadi"

"Ayaks" qanot himoyachisi Nikolas Talyafiko "Barselona"ga transferi amalga oshmay qolgani haqida gapirib o'tdi.

– Klubingizning tutgan yo'liga munosabatingiz qanday? Qaerda o'ynashni istardingiz?
– Qaysidir manoda, ajablandim. Men to'rt yildan buyon klubdaman. Boshim yorilganda, ko'zoynakda va o'yinga 70% tayyor bo'lganimda ham jamoa sharafini himoya qildim... To'pig'im ishib ketganini aytdim. Ular mendan o'ynay olamanmi yoki yo'q, so'rashganida 100% tayyor bo'lmasam ham, ha deb javob berdim.

Bir narsa aniqki, men kerak bo'lsam, hech qachon rad qilmaganman. Har safar qo'limdan kelgancha harakat qilganman, borimni berganman. Vaziyat murakkabligini, hozir yanvar oyiligini ham yaxshi bilaman. Biroq bu barchamiz uchun zarar keltiradigan holat: men istagan narsamga eta olmadim, klubga, chunki ular ketishni istaganimda meni ushlab qolishdi.

Ular meni to'g'ri tushunishdi, biroq klubning o'z sabablari bor edi. Ammo menga alam qilyapti. Imkoniyatlarni qo'ldan chiqarmaslik kerak deb hisoblayman – "Barsa" kabi klubga o'tish imkoniyati, bu men uchun orzu edi, lekin klubdagilar zarur vaqtda qo'llab-quvvatlashmadi.

Mentalitetimda professionallik mavjud – doimo yaxshi shug'ullanish, o'zimni har tomonlama yaxshi tutish. Bazan bunday holat sizga qarshi xizmat qiladi. SHunday pallalarda o'ylab qolarkansan, balki barchasiga biroz boshqacharoq munosabatda bo'lish kerakmidi, birinchi navbatda o'z manfaating haqida qayg'urish to'g'riroqmidi", – dedi Talyafiko.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика