So’nggi yangiliklar

02:10Лига 1. ПСЖ ўз уйида "Осер"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 02:05АПЛ. "Тоттенхэм" 90+4 дақиқада урилган гол эвазига "Вулверхэмптон" билан ўйинда мағлубиятдан қутулиб қолди  1 01:38А Серия. "Интер" меҳмонда "Кальяри"ни мағлуб этди  0 23:33А Серия. "Ювентус" ва "Аталанта" ўртасидаги ўйинда ғолиб аниқланмади  10 23:25Суперлига. "Навбаҳор" – "Қизилқум" 1:0  0 22:36"Милан" "Рома" юлдузини сотиб олмоқчи  0 21:58Келлехер дарвозасига бўлган 7 пенальтининг 4тасини қайтарди  14 21:20ЛаЛига. "Атлетико" дербида "Реал" дарвозасига 5та гол уриб, йирик ғалаба қайд этди  185 20:59АПЛ. "Манчестер Сити"да йирик ғалаба, "Ливерпуль" ва "Челси" Лондонда мағлуб бўлди  34 20:34Бундеслига. "Боруссия" Д ҳамда "Байер"дан ғалабалар  2 20:09Аморим: "Юнайтед" ғалаба қозонишни истайди, бироқ..."  8 19:57Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Қизилқум"ни мағлуб этди  15 19:35"Барселона" дарвозабони операция қилинди  0 19:16МЮ Аморим қўл остида жуда ёмон натижалар қайд этмоқда  9 18:59Расман: "Вест Хэм"нинг янги бош мураббийи эълон қилинди  3

Nikola Lazarevich: "So'g'diyona" bilan o'yin men uchun "Qizilqum"dagi so'nggisi bo'ladi" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "So'g'diyona" bilan o'yin men uchun "Qizilqum"dagi so'nggisi bo'ladi"

Teglar :  Nikola Lazarevich
"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvidan (6:0) so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlari bilan o'rtoqlashdi.



"Himoyamizdagi xatolar qimmatga tushdi. O'yinga boshqacha tayyorgarlik ko'rgandik. Goldan keyin raqib tezda ikkinchi golni urdi. Yigitlar ruhiy jihatdan «cho'kishdi».  2-3ta golni individual xatolar sabab  gol o'tkazib yubordik. «Paxtakor» jamoasida daraja va sifat yuqori. Futbolchilarning darajasi o'z so'zini aytdi. Kuchli to'rtlikda borayotgan jamoalar haqiqatdan ham yuqori o'rinlarga munosiblar. Buni mavsum davomida ko'rdik. «Paxtakor» chempion jamoa. Tarkibida yaxshi futbolchilar bor. Bizda bir nechta yo'qotishlar borligi uchun qiyin bo'lishini bilardik Deylik, Bobur Yo'ldoshev, Aleksandar Stanislavlevich, SHon Pol Komolafe yordam bera olishmadi",- dedi "Qizilqum" bosh murabbiyi.

- «Qizilqum» tarkibida tajribali ijrochilar yig'ilgan. Ular professional futbolchilardir. Lekin bugun maydonda bunday darajadagi o'yinchilarni ko'rmadik. Balki mavsum oxiri bo'lgani uchun allaqachon ketishni o'ylashayotgandir?

- Balki, bo'lishi mumkindir. Futbolchilarning o'z vazifalari bor. To'g'ri aytdingiz, yigitlar tajribali. Ammo bir narsani aytish kerakki, bu jamoani men yig'maganman. Agar jamoani o'zim yig'ganimda boshqa gap edi. Yozgi transferlar oynasida ham tarkibni kuchaytira olganimiz yo'q. Aksariyat jamoalar yozda kuchayishga erishdi.  Biz selekciyada faol bo'lmadik. 

- Oxirgi chiqqan xabarlarga ko'ra, Nikola Lazarevich «Qizilqum»ni tark etadi va Superliga jamoalaridan birida ish boshlaydi.

- Men bu haqida rahbariyatga aytganman. «Surxon» bilan o'yindan so'ng istefo berishimni takidladim. Ketishni istadim. Ammo mavsum oxirigacha qoldim. «So'g'diyona» bilan o'yin men uchun «Qizilqum»dagi oxirgisi bo'ladi. 

-  So'nggi tur oldidan jamoani ruhan tiklash qiyin bo'lmaydimi? Balki yoshlarni tushirarsiz?

- Qo'limizdan kelganicha tiklashga harakat qilamiz. Hammasi yigitlarning o'ziga bog'liq. Ular o'z vazifalarini bajarishni istasa, oxirgi turga har tomonlama tayyorlana olishadi.

- AGMK bilan o'yidan oldin jamoadan ketishingiz haqida gaplar chiqqandi. Bu rostmi?

- «Navbahor», «Metallurg»ga qarshi o'yinlardan so'ng ketishni istagandim. «Surxon» bilan uchrashuvdan keyin esa qarorim yuz foiz aniq edi. Nima bo'lganda ham «Qizilqum»ga omad tilayman. Menga esa faoliyatimda yangi chaqiruv va restart zarur.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика