So’nggi yangiliklar

22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  9 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  68 20:49"Ал Васл" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  1 20:33"Шарлеруа" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 20:04АПЛ. "Челси" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Лондон дербиси нурсиз дуранг билан якунланди  16 19:55Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Сурхон"ни ишончли ҳисобда енгди  8 19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  17 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  6 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0

Nikimbaev Championat.asia saytining muxlisiga javob berdi Yangiliklar

Nikimbaev Championat.asia saytining muxlisiga javob berdi

Bugun, 15 iyun kuni Alisher Nikimbaev Ravshan Ermatov hamda Zvonimir Bobanlarning faoliyatidagi o'zgarish haqida fikr bildirdi.

Alisher Nikimbaev: "Ermatov masuliyati va qiyinchiliklarini tasavvur qilyapman"


Ushbu fikrlar saytimizda elon qilingandan so'ng, mazkur xabar ostida "R. Marquez II" nikli muxlisimiz Nikimbaevga quyidagicha savol yo'llagan:

"Alisher aka. Agar siz fikrlarni o'qisangiz (siz ularni o'qiysiz), aytinchi, nega O'zbekiston kuz-bahor tizimiga o'tmaydi. OCHLdagi barcha raqiblarimiz qishda o'ynashadiku. Biz ham g'arb mintaqasida o'ynaymiz".


Alisher Nikimbaev ushbu foydalanuvchimizga shunday javob qaytargan:

"Bunga O'FA yoki PFL nomidan javob bera olmayman, chunki sakkiz yildan beri O'zbekiston futboli tizimida ishlamayman, shu sababli shaxsiy fikrimni bildiraman. O'zbekistonga kuz-bahor tizimiga o'tishdan foyda yo'q, chunki bizning iqlim sharoitimiz Yaqin SHarqnikidan farq qiladi. Bizda qish faslida futbol o'ynab bo'lmaydi. Biroq Yaqin SHarqda aynan shu oylarda futbol o'ynash uchun juda yaxshi ob-havo bo'ladi. Va aksincha, biz iyun va avgust oylarida futbol uchrashuvlarini o'tkaza olamiz, Yaqin SHarqda esa havo harorati yuqoriligi tufayli buning iloji yo'q.

Yana bir narsa. Tez orada OFK CHempionlar ligasi ham kuz-bahor tizimida o'tkazilishi mumkin. O'shanda O'zbekiston klublarida ustunlik bo'ladi, chunki turnir boshlanayotganda jamoalarimiz yaxshi formaga kirib olgan bo'ladi".

Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика