So’nggi yangiliklar

09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  0 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  0 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  0 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  1 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  3 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  16 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  10 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  25 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0

Nikimbaev: "Birinchi liga formati firibgarlar uchun qulay sharoitni yaratib berdi" Yangiliklar

Nikimbaev: "Birinchi liga formati firibgarlar uchun qulay sharoitni yaratib berdi"

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida O'FA rahbariyati hamda OFKning kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish bo'limi o'rtasidagi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Kun yangiligi - Ravshan Ermatov OFKning toza o'yin (menga ko'proq integrity so'zining shu tarjimasi yoqadi) bo'limi va Sportradar kompaniyasi bilan uchrashuvi bo'ldi.

Uch kun oldin kim O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti bo'lganini hisobga olsak, bu yaxshi yangilik.

O'FA matbuot xizmati bu uchrashuvdan maqsad - kelishilgan o'yinlar va totalizatorga qarshi kurash deya takidlab o'tgan. Ammo totalizatorga qarshi kurashish O'FAning majburiyatlariga kirmaydi. Birinchidan, totalizator bu hech bir futbol tashkiloti boshqarmaydigan biznes hisoblanadi. Ikkinchidan, totalizator rasman O'zbekistonda taqiqlangan, shu sababli u bilan kurashishning hojati yo'q. Eng asosiysi: totalizator kelishilgan o'yinlarni tashkil qilmaydi. Barcha rasmiy bukmekerlik idoralari kelishilgan o'yinlardan aziyat chekishadi. SHu sababli ular ham kelishilgan bahslarga qarshi. Totalizatorni taqiqlab kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish xuddi pichoq ishlab chiqarishni to'xtatib, pichoq bilan qotilliklarga qarshi kurarishdek gap. Anjomlar bilan emas, yovuzlikning o'zi bilan kurashish lozim.

Asosiy mavzuga qaytamiz. Ermatov OFKdagi birinchi tashrifida O'zbekiston chempionatida kelishilgan o'yinlar mavzusini muhokama qilishi diqqatga sazovor fakt. Undan oldingilar bunday uchrashuvlardan qochgan deya olmayman. Ahmadjonov (Umid) davri haqida gapirmayman, ammo 2015 va 2016 yillarda Sportradar vakillari o'sha paytdagi O'FF xodimlari bilan bir necha marta muloqot qilib, O'zbekiston chempionatiga oid kuzatulari bilan bo'lishishgan. Kuzatuvlar esa quvonarli bo'lmagan. Ekspertlarning fikricha, 2014 yilning o'zida Oliy ligada bukmekerlik kontoralariga anomal tikishlar amalga oshirilgan 15ta uchrashuv o'tkazilgan. Sportradar O'FFga hamkorlikni taklif qilgan, ammo muzokaralar davom etmadi.

Keyin Sportradar OFK (oldinroq UEFA va FIFA bilan bitim tuzilgan) bilan shartnoma imzoladi va O'FF nafaqat oliy, balki birinchi ligadagi shubhali o'yinlar haqida malumot olib turgan. Ammo shunda ham jiddiy surishtiruv ishlari o'tkazilmagan.

O'FA yangi rahbariyati kelishi bilan ular kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashni faqat so'zlar bilan emas, balki amalda ko'rsatilishiga umid bor. 2014 yildan so'ng "shubhali o'yinlar" soni ko'paygani aniq. Mavsum boshlanishidan bir kun oldin yaratilgan klublarni chempionatga qo'ygan birinchi liga formati totalizator firibgarlari uchun qulay sharoitni taminlab berdi. Avvallari klublar birinchi ligada o'ynashga munosibligini isbotlash uchun viloyatning ko'plab chempionatlarida g'alaba qozonishi kerak edi. Hozir xohishning o'zi etarli. Natijada ikkita shunday klub yo'q bo'lib ketdi, ulardan biri "stavkalar"ga oid mojaroga aralashib qolgan. SHunga o'xshash qancha klublar o'z "o'yinlari"ni davom ettiradi?

Bir oy oldin yozganimni qaytaraman: Ikki yil oldin futbol xo'jaligimiz tamirga muhtojlik sezgan bo'lsa, bugun uni boshidan qurish kerak" - deb yozdi Alisher Nikimbaev.

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика