Nigora Mo'ydinova: "Neftchi-W" mavsum yakunida yuqori o'rinlarni egallamoqchi"
08 sen 2018 20:07
Yangiliklar
Nigora Mo'ydinova: "Neftchi-W" mavsum yakunida yuqori o'rinlarni egallamoqchi"
Ayollar futboli. O'zbekiston chempionati 20-turidan o'rin olgan “Neftchi-W”- “Qo'qon 1912-W” (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar safida eng yaxshi deb topilgan Nigora Mo'ydinova “championat.asia” saytiga intervyu berdi.
Bugungi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Oldingi turda “Andijon” jamoasi bilan durang o'ynagandik. SHu sabab bugun maydonga faqat g'alaba uchun tushdik va maqsadimizga erishdik.
Mavsum yakunida yuqori o'rinlarni egallamoqchimiz, shu bois har bir uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rayapmiz. Bizni uchrashuvlarga yaxshi darajada tayyorlab borayotgan murabbiylarimizga rahmat aytaman. Barcha jamoamiz azolarini bugungi g'alaba bilan tabriklayman!
Bekzod Tolibov yozib oldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar