Neymar "Barselona"dan ketishi haqida Messining to'yidayoq aytgan
20 okt 2017 20:59
Yangiliklar
Neymar "Barselona"dan ketishi haqida Messining to'yidayoq aytgan
Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaliklar sobiq futbolchisi Lionel Messining to'yida braziliyalik bilan gaplashganini, o'z navbatida Neymar klubda baxtli emasligini aytganini malum qildi.
"Neymar menga jamoani o'zgartirmoqchi ekanligini aytdi. Men nima uchunligini so'radim, u esa o'zini baxtli his qilmayotganini va tez orada Evropada yangi tajriba to'plash uchun PSJga o'tishini aytdi. Oxirida unga shunday dedim: "Agar bu sening yakuniy qaroring bo'lsa, biz uni hurmat qilishimiz kerak". O'ylashimcha, Neymar va Mbappega ega bo'lgan PSJ joriy mavsum CHempionlar ligasini yutish uchun hamma imkoniyatga ega.
Bir safar men ingliz klubi vakillari va Ser Aleks Fergyusonning akasi bilan suhbatlashganman. CHunki, ular meni MYU tarkibida ko'rishmoqchi edi. Lekin, men "Barselona" safida qolish qatiy qaror qilganman. Men hamisha butun faoliyatimni o'sha erda o'tkazishni orzu qilganman. Bu men haligacha qalbimda saqlab kelayotgan dunyodagi eng yaxshi klub", - dedi Xavi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar