Neymar "Barselona" shifokoriga qo'ng'iroq qildi. Nega?
13 fev 2019 14:17
Yangiliklar
Neymar "Barselona" shifokoriga qo'ng'iroq qildi. Nega?
PSJ hujumchisi Neymar jarohat olganidan so'ng sobiq jamoasi "Barselona" shifokoridan maslahat olgani malum bo'ldi.
Malumotlarga ko'ra, braziliyalik Barselona shahridagi shifokorlarga murojaat qilgan. Ularning biri ko'k-anorranglilar vakili bo'lgan. Forvard Kataloniya klubi tibbiy shtabining imkoniyatlarini yaxshi biladi, shu sababli "Barselona" shifokori bilan jarohati haqida suhbat qurgan. Neymar PSJga o'tishi borasidagi sud ishlariga qaramasdan, "Barselona" futbolchilari va rahbariyati bilan bog'lanib turibdi.
Malum bo'lishicha, shifokor unga operaciyaga rozi bo'lishni maslahat bergan. Neymar esa davolanishni jarrohlik amaliyotisiz o'tkazishni istadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar