Neymar - "Barsa"ning yozdagi bosh maqsadi. O'yinchi qaytish uchun barcha narsaga tayyor (RAC1)
01 may 2021 10:38
Yangiliklar
Neymar - "Barsa"ning yozdagi bosh maqsadi. O'yinchi qaytish uchun barcha narsaga tayyor (RAC1)
"Barselona" PSJ hujumchisi Neymarni ortga qaytarmoqchi.
RAC1'ning malumotiga ko'ra, braziliyalik - kataloniyaliklarning yozgi transfer oynasidagi bosh maqsadi. Futbolchi "Barsa"ga qaytish uchun barchasiga tayyor.
"Ko'k-anorranglilar" va PSJ o'rtasida bu borada ilk muloqot bo'lgan va parijliklar "Barsa"ning so'roviga rad javobini berishgan.
"Barselona" Neymarning PSJdan yozda ikki yil oldin taklif qilganlaridan ko'ra kamroq pulga ketishi mumkinligiga ishonishadi. O'shanda kataloniyaliklar 130 million evro va 3 futbolchini bitimga qo'shishni taklif qilishgan edi.
29 yoshli forvard joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar