So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  1 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Nematullo Quttiboev: "Ayrim chiziqlarni kuchaytirishimiz kerak" Yangiliklar

Nematullo Quttiboev: "Ayrim chiziqlarni kuchaytirishimiz kerak"

Qoraqalpoq futbolining haqiqiy yorqin namoyondasi Nematullo Quttiboevning futbolchilik faoliyatini ko'pchilik muxlislar yaxshi xotiralar bilan eslaydi.
Ilgari hujum chizig'ida to'p surgan Quttiboev bugungi kunda murabbiylik sohasida faoliyat olib bormoqda. Aniqrog'i birinchi liga ishtirokchisi Nukusning "Orol" jamoasiga ustozlik qilib kelayotgan murabbiy bugun saytimizga jamoasining davralar oralig'idagi yig'ini va kelgusi rejalar to'g'risida qisqacha intervyu berdi.

- Nematullo aka, xabaringiz bo'lsa kerak, bugungi kunda birinchi liga jamoalarining aksariyati ikkinchi bosqich o'yinlariga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Saytimiz orqali imkon qadar har bir jamoa to'g'risidagi yangiliklarni berib borishga intilmoqdamiz. SHu o'rinda boshqaruvingizdagi "Orol" xususidagi yangiliklarni bilib olsak foydadan xoli bo'lmasdi.
- Ha, ayni paytda ko'plab klublarni yig'in o'tkazishayotganini bilaman. Lekin jamoamiz hozircha tayyorgarlikni boshlamadi. SHu bois sizga birorta yangilik aytishim qiyin.

- Ikkinchi bosqich startiga oz fursat qolgan bo'lsada, "Orol"ning hanuz tayyorgarlikka kirishmaganini qanday tushunish mumkin?
- Bu birinchi navbatda moliyaviy jihatga bog'liqdir. Agar imkonimiz bo'lganida, yig'inga ertaroq kirishardik. Klubda moddiy muammolar yuzaga kelgan.

- Tan olish kerak, bugungi kunda birinchi liganing ko'plab jamoalarida futbolchilar bilan bog'liq qarzdorlik mavjud. Aytingchi, "Orol" o'z futbolchilaridan nechta oylik qarzdorligi bor?
- To'g'risi, bu haqda biror nima deya olmayman. Yaxshisi boshqa savolga o'ta qolaylik...

- Unda aytingchi, jamoa endi mashg'ulotlarga qachondan kirishadigan bo'lmoqda?
- SHu kunlarda muammo bartaraf etilishiga umid qilmoqdamiz. Nasib bo'lsa bugun-erta futbolchilarni yig'amiz.

- Jamoani tark etgan futbolchilar bo'lsa kerak?

- Hozircha birgina himoyachi Temur Turdiev safimizni tark etdi. Qolgan o'yinchilar menga ketish to'g'risida hech nima demadi.

- Ikkinchi bosqichda kurash qizg'in va shu bilan birga murakkab kechadi. Aytingchi, qaysi chiziqlarni kuchaytirishni rejangizga kiritgansiz?

- Albatta, ikkinchi davraga qadar tarkibga yangi futbolchilarni jalb etishimiz kerak. Birinchi navbatda darvozabon olishimiz shart. Keyin yana ayrim poziciyalardagi raqobatni ham oshirsak maqsadga muvofiq bo'lardi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика