So’nggi yangiliklar

00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  0 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  5 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  23 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  27

“Neftchi” yig'inni boshladi Yangiliklar

“Neftchi” yig'inni boshladi

Teglar :  Neftchi
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Abdusamad Do'rmonov boshqaruvidagi jamoa 20 dekabrdan o'z qarorgohida yig'ildi va rejaga binoan mashg'ulotlar 28 dekabrga qadar davom ettiriladi.

Tayyorgarlik rejasiga ko'ra, o'quv-yig'in mashg'ulotlarining dastlabki qismida futbolchilar kuniga bir mahaldan shug'ullanmoqda. Murabbiylar asosiy etiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratayotganini ham qo'shimcha qilish joiz.

Tarkibda asosan mahalliy futbolchilarni uchratish mumkin. O'z vaqtida “Neftchi”ning haqiqiy etakchisi bo'lgan Mansur Saidov yana qadrdon jamoasi safiga qaytib, mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Muxlislarga yaxshi malumki, 36 yoshli futbolchi bu yilgi mavsum hech bir jamoa safida ko'rinish bermadi. Aftidan Saidov futbolchilik faoliyatining so'nggi yillarini “Neftchi”da o'tkazish niyatida.

Undan tashqari Otabek Zokirov ham “Neftchi” mashg'ulotlariga qo'shildi. 27 yoshli futbolchi ham ushbu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Zokirov bu yilgi mavsumni xorijda aniqrog'i Bangladeshda o'tkazib qaytdi. Otabek so'nggi bor 2014 yili “Neftchi” tarkibida xarakat qilgandi. Oradan 5 yil o'tib u yana qadrdon jamoasiga qaytib keldi.
SHuningdek “Neftchi” mashg'ulotlarida Eldor Ergashevni ham uchratish mumkin. PRO-Liga toifasida ancha tajribali bo'lgan 29 yoshli markaziy yarim himoyachi hozirda ko'rikda bo'lib turibdi.

“Neftchi” murabbiylar shtabi tarkibni kuchaytirish maqsadida o'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan jizzaxlik hujumchi Doston Toshmatovni ham ortga qaytarmoqchi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика