So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

"Neftchi": Urush faxriylari holidan xabar olindi Yangiliklar

"Neftchi": Urush faxriylari holidan xabar olindi

Ayni kunlarda yurtimizda 9 may umumhalq bayrami - "Xotira va Qadrlash kuni"ning shukuhi kezib yuribdi.

Ikkinchi jahon urushining tugaganligiga, nemis-fashistlarning ustidan G'alaba qozonilganiga 73 yil to'layotgan bo'lsada, ammo hali-hanuz urush xotiralari yurtdoshlarimiz ongu shuurida saqlanib kelmoqda. CHunki, ushbu qonli jangu jadallarda birgina O'zbekistonimizning o'zidan 500 mingdan ziyod eng sara yigit-qizlar ishtirok etishgan, ularning aksariyat qismi janggohdarda halok bo'lishgan, qaytganlari esa mayib-majrux, nogiron bo'lib qolishgandi. Front orti deb atalmish yurtimizda esa turmush o'rtoqlarini, o'g'illarini, otalarini urushga jo'natgan onalar, qiz-juvonlar, bolalar o'ta og'ir sharoitlarda tunu kun front uchun mehnat qilib, G'alabaga ulkan hissa qo'shganlar.
Albatta, bugun bularning hammasi tarixga aylanib ulgurdi. Biroq, xalqimiz o'zining bu tarixini sira yoddan chiqarmaydi. SHuning uchun ham 9 may umumxalq bayrami - "Xotira va Qadrlash kuni" deb belgilanib, har yili ananaviy tarzda shu kunlari Ikkinchi jahon urush qatnashchilariga alohida mehr-muruvvat, etibor qaratiladi, ular bilan uchrashuvlar tashkil etiladi, xotiralarini tinglash uchun tadbirlarga taklif etishadi. Ammo yillar o'tgan sayin Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni kamayib boryapti.

Bugungi kunga kelib, birgina Quvasoy shahrining o'zida 2 nafar urush qatnashchilari qoldi. Biri Namuna qishlog'ida yashovchi 92 yoshli Karimbobo Madaliev, ikkinchisi esa Quvasoy shahrining o'zida istiqomat qilayotgan 96 yoshli Orif ota Mo'minovlardir. Kuni kecha "Neftchi" professional futbol klubi raisi Mo'ysinjon Dadajonovich Mehmonovning tashabbusi bilan  Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining holidan xabar olinib, har biriga ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida 1,5 million so'mdan xayriya pullari, sovg'a-salomlar, meva-shirinliklar hamda guldastalar taqdim etildi. Bu kabi tadbirlar "Neftchi" rahbariyati tashabbusi bilan shu kunlarda yana davom etmoqda  

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика