So’nggi yangiliklar

08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   4 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  13 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  31 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  418 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  5 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  9 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  12

"Neftchi": O'rinbosarlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshlashdi Yangiliklar

"Neftchi": O'rinbosarlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshlashdi

Bugun yoshlar ligasiga start berildi. “Neftchi” o'rinbosarlari bugun Buxoroda mahalliy “Buxoro” jamoasi o'rinbosarlariga qarshi maydonga tushishdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limi teng kurshalar ostida o'tdi. Avvaliga mezbonlar biroz ustunlik qilgan bo'lsa, taym oxiriga kelib tashabbus “Neftchi” futbolchilari tomoniga o'tdi. Tanaffusga Sergey Kovshov shogirdlari yaxshi kayfiyatda chiqib ketishlari mumkin edi. Lekin har safar omad farg'onalik yoshlardan yuz ugirdi. Bir holatda esa mezbonlar himoyachisi to'pni darvoza chizig'idan qaytarib qoldi.

Ikkinchi bo'lim ham xuddi birinchisi kabi teng kurashlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa ketma ket xavfli vaziyatlarni yaratishdi.

62-daqiqaga kelib uchrashuvda hisob ochildi. Burchakdan oshirilgan to'pni Doston Tursunov boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi – 0:1.

68-daqiqada mezbonlar tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasini Abdujalilov qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

88 -daqiqada Nosir Otaqo'zievning zarbasi darvoza tusiniga tegib qaytdi.

Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa gol kiritish uchun yaxshi vaziyatlarga ega bo'lishdi. Biroq shu kuni muxlislarga boshqa gol kurish nasib etmadi. O'rinbosarlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshlashdi.

Yoshlar ligasi
1-tur

"Buxoro" - "Neftchi" 0:1
Gol:
Doston Tursunov 62.
"Neftchi": Mavlon Abdujalilov, Maksimilian Fomin, Doston Tursunov, Igor Petkovich, Vyacheslav Ponamaryov (Nodir Komolov 63), Izzatbek G'aniev, Muzaffar Muzaffarov (Murod Bobojonov 74), Javohir Rasulov, Saydullo Rahmatov, Otabek Zokirov, Nosirbek Otaqo'ziev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика