So’nggi yangiliklar

18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3

"Neftchi" Nogironlar, qariyalar va bolalar uyiga tashrif buyurdi (FOTO) Yangiliklar

"Neftchi" Nogironlar, qariyalar va bolalar uyiga tashrif buyurdi (FOTO)

Teglar :  Neftchi
Yangi mavsum boshlanishi arafasida “Neftchi” PFK mamuriyati tashabbusi bilan jamoa azolari hamda mutassadlari nogironlar, qariyalar va bolalar uyiga tashrif doirasida xayriya akciyasiga qo'l urishdi.

Tashrif “Muruvvat nogironli bo'lgan bolalar uchun internat”dan boshlandi. Jamoa azolarini muassasa rahbari Abdug'ani Turdiboev va bir qator ishchi-xodimlar qarshi olishib, tadbirga yig'ilgan imkoniyati cheklangan bolalar oldiga boshlab borishdi.


Tadbirni “Neftchi” PFK matbuot xizmati xodimi Hojiakbar Jabborov tantanali ravishda ochib, so'z navbatini klub texnik direktori Abdusamad Nazirdinovga taqdim etdi.

– Jamoamiz Sizlar bilan uchrashuvni anchadan beri niyat qilib kelgandi, – deb gap boshladi   Abdusamad Nazirdinov – Rahbarlarimiz ham Siz bolajonlarga o'zlarining samimiy tilaklarini etkazib qo'yishni iltimos qilishgan. Mana bahor ayyomi ham yaqinlashmoqda. SHu qatori xotin-qizlar va “Navro'z” bayramlari bilan hammani tabriklab qolamiz. Barcha qilayotgan xayirli ishlarimiz xalqimizning farovon xayoti uchun, biz esa o'z o'yinlarimiz orqali Farg'ona ahlini bu yil xushnud etib, yuqori marralarni zabt etgan holda jamoaning mavqeini tiklashga vada beramiz. Nasib qilsa,  bu yildan boshlab chempionatimiz bahslari televidenie orqali jonli efirda namoyish etilishi kutilmoqda. SHu sabab “Neftchi” ishtirokidagi o'yinlarni TV orqali ko'rishingiz uchun bugun jamoamiz nomidan mazkur  muassasaga televizor  sovg'a qilmoqchimiz, – dedi A.Nazirdinov

SHuningdek, jamoa himoyachisi SHukur Po'latov ham so'zga chiqib, imkoniyati cheklangan bolalar va muassasa xodimlariga o'z niyatlarini bildirdi. Bolajonlar mehmonlarning sovg'a- salomlarini qabul qilgach, mazkur uchrashuvdan bir olam zavq olishganini takidlab o'tish o'rinlidir.


SHundan so'ng “Neftchi” azolari Farg'ona shahridagi  “Qariyalar uyi”ni ziyorat qilib, u erdagi keksalar bilan hamsuhbat bo'ldilar. Darhaqiqat, inson dunyoga kelib o'sadi, ulg'ayadi, umr guzaronlik qiladi. Kechagi go'dak bugun yigit, bo'yi etgan qiz. Vaqt o'tishi bilan, nasib etsa, har bir inson qarilik yoshiga etadi, bu – hayot qonuniyati. Futbolchilarning o'zlari ham yoshi ulug'larning holidan xabar olib, ko'ngillari ko'tarildi. Mavsum davomida mana shunday uchrashuvlarni tez-tez o'tkazib turishni takidlashdi.

Kunning ikkinchi qismida Marg'ilon shahridagi 1-sonli bolalar uyi “Neftchi”ning so'nggi tashrifiga aylandi. Mazkur  muassasada tarbiya topayotgan bolalar futbolchilarni iliq kutib olishdi. Uchrashuv davomida ularga ham klub sovg'alari taqdim etildi. Tadbir so'ngida “Mehribonlik uyi” rahbariyati sportchilarga tashriflari uchun o'z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика